So’nggi yangiliklar

10:38Жаҳон чемпиони 31 ёшида фаолиятини якунлади  1 10:12Goal АПЛнинг барча даврлардаги энг яхши ҳужумчисини эълон қилди  4 09:45Sofascore. Алиқулов энг яхшиларидан бири бўлди  1 09:18Сентябр-октябрь ойидаги ФИФА кунларига ўзгартириш киритилди. Қарор келаси йилдан кучга киради   2 08:51Ҳусанов рамзий термадан жой олди  2 08:23Пролига. Бугун турнинг марказий учрашуви бўлиб ўтади  0 07:55"Ал Аҳли" бош мураббийи: Биринчи бўлимда яхши ўйнашимизга тўсқинлик қилган сабаблар кўп"   7 07:28Sofascore. Аламли тарзда мағлуб бўлган "Насаф" футболчилари неча баҳога лойиқ кўрилди?  14 07:25Элит ОЧЛ. "Ал Аҳли" – "Насаф" 4:2  3 02:42Ҳусайн Норчаев: "Вазият қизил карточкага тортмас эди"  15 02:16Рўзиқул Бердиев: "Дарвозабонимиз олдинга чиқиши хато бўлди, лекин чиққанга яраша тўғри ўйнаши керак эди"  35 01:52Туркия. Алиқулов 90+2 дақиқада жароҳат туфайли алмаштирилди, унинг жамоаси ғалабага эришди  1 01:40Элит ОЧЛ. "Ал Аҳли" суперкамбэк эвазига ўз майдонида "Насаф"ни мағлуб этди  421 00:57"Реал" футболчилари ҳакамлар уларга бошқа етакчиларга нисбатан қаттиққўлроқ муносабатда бўлишаяти, деб ҳисоблашмоқда  9 00:05Куанишбай Оразимбетов: "Иккинчи таймда умуман бошқа "Жайхун"ни кўрдик"  0

Baxtiyor Ashurmatov: “Navbahor”ga taklif etilgan futbolchilar pulni birinchi o'ringa qo'ymadi” Yangiliklar

Baxtiyor Ashurmatov: “Navbahor”ga taklif etilgan futbolchilar pulni birinchi o'ringa qo'ymadi”

“Navbahor” bosh murabbiyi Baxtiyor Ashurmatov klub imkoniyatidan kelib chiqqan xolda, tarkibni kuchaytirishga harakat qildi.
CHempionat starti oldidan Ashurmatov bilan bog'lanib bir qator savollarga javob oldik.

- Baxtiyor aka, mamlakatimizda ichki chempionat o'yinlari boshlanishiga ham tobora oz fursat qolmoqda. Aytingchi “Navbahor”ning tayyorgarligi va selekciya jarayonida amalga oshirgan ishlaridan qoniqish xosil qildingizmi?
- Mavsumoldi tayyorgarligini imkoniyat darajasidan kelib chiqqan xolda, yaxshi o'tkazishga harakat qildik. Uchta yig'inni Toshkentda o'tkazib qaytdik. FL Kubogida ishtirok etdik. Qolaversa bir qator o'rtoqlik uchrashuvlarida qatnashib, futbolilarning imkoniyatlarini tekshirib oldik. SHuningdek o'z qarorgohimizda ham malum muddat mashg'ulotlar olib borildi. Ushbu yig'inlar davomida bir qator o'yinchilarni sinovdan o'tkazdik. Ulardan 10 nafarini jamoada olib qolishga qaror qildik. Albatta 10ta yangi o'yinchi qo'shib olish bu noto'g'ri. CHunki bu asosiy tarkibni deyarli yangitdan shakllanayotganini anglatadi. Lekin o'tgan yili “Navbahor”da o'ynagan bir qator etakchi futbolchilarning boshqa klublarga o'tib ketishgandi. SHuning uchun ham bu futbolchilarni taklif etishga majbur edik. Selekciya jarayonida biz har bir chiziqqa teng kuchli ikkitadan futbolchi bo'lishiga etibor qaratdik. Menimcha buni qaysidir manoda uddaladik. Mavsum boshlanishiga oz muddat qoldi. Havotir bor. CHunki biz tarkibni imkon qadar tezroq shakllantirishga harakat qildik. Lekin tarkibga biroz kechroq qo'shilgan futbolchilar ham bo'ldi. SHuning uchun ularni asosiy tarkibda o'ynab ketishlari uchun malum bir vaqt kerak bo'lishi mumkin.

- Ko'pchilik Mansur Saidovning “Navbahor”ga o'tishini eng omadli haridlardan biri bo'lganligini aytmoqda. SHaxsan siz bu borada yana kimlarni ko'rsatib o'tgan bo'lardingiz?

- Jamoamga taklif etgan barcha o'yinchilarga ishonaman. Ularning har biridan katta natijalar kutib qolaman. SHogirdlarimning barchasi maydonga chiqqanda chin yurakdan futbol o'ynab, muxlislarga yoqadigan mazmunli o'yin namoyish etishlarini kutyapman. Bu borada kimnidir omadli harid deb hozirdan aytish qiyin. Hammasini mavsum davomida bilib olamiz. Muxlislarimizning futbolchilarga bergan baholari orqali ham biz bunga javob olishimiz mumkin bo'ladi. O'yinlar ham bir-biridan tubdan farq qiladi. Xususan sinov-nazorat bahslari bilan rasmiy uchrashuv o'rtasida farq katta. CHunki chempionat bahslarida muxlislar tomonidan qandaydir bosim bo'ladi. Mansur Saidovga keladigan bo'lsak, u yaxshi futbolchi va shu bilan birga insoniylik jihatdan ham namunali shaxs. Lekin birgina muammo shuki, uning jamoamizga kechroq qo'shilganligidadir. SHu bois Saidov hozircha o'yin-uslubimizga to'liq kirishib ketmadi. Bunga yana ozroq vaqt kerak bo'ladi.

- Bundan bir necha kunlar oldin “Navbahor”da moliyaviy muammolar mavjud ekanligi haqida gap-so'zlar urchiy boshladi. Lekin shunga qaramay jamoangiz safiga bir qator mahoratli o'yinchilar jalb eta oldingiz. Buni qanday uddaladingiz?
- To'g'ri, klub rahbarlari moddiy tomondan muammolarni bartaraf etish uchun qo'ldan kelganicha harakat qilmoqda. Futbolchilarga keladigan bo'lsak, ular menga ishonib, yaxshi jamoa tuzamiz degan manoda. Qolaversa kurashchan jamoa tashkil eta olsak, Baxtiyor aka bilan birga ishlab, yanada o'sishga erisha olamiz degan fikrga kelishdi. Ochig'ini aytganda, klubimizga kelgan yangi futbolchilar pulni birinchi o'ringa qo'ygani yo'q. SHuning uchun bu erda murabbiy va futbolchi o'rtasidagi hurmat ham muhim o'rin tutdi. Bundan tashqari men klub rahbarlariga ishondim, futbolchilar esa menga.

- Quraga ko'ra birinchi turni o'z maydoninglarda o'tkazasizlar. SHanba kuni “Lokomotiv” bilan kechadigan bahs oldidan qanday fikrdasiz?
- Bu jamoa tarkibida yuqori saviyadagi futbolchilar yig'ilgan. Qolaversa yaxshi legionerlar jamoaga taklif etilgan. Keyin mamlakatimizdagi tajribali mutaxassis Vadim Abramov klubda ish boshlagan. SHu sababli ham bu o'yin biz uchun o'ziga xos sinov bahsi bo'ladi deyish mumkin. Bo'lajak uchrashuvga munosib tayyorgarlik ko'rishga harakat qilyapmiz. CHempionatning birinchi turi qiyin kechadi. Lekin shuni ham ishonch bilan aytib o'tishim mumkinki, “Lokomotiv”ga ham bu o'yinda oson bo'lmaydi. Umuman olganda biz jamoalarni ajratib o'tirmoqchi emasmiz. Raqib kim bo'lishidant qatiy nazar har bir o'yinda ochko olish uchun harakat qilishimiz kerak. CHempionatning dastlabki o'yinini o'rtamiyona jamoasiga qarshi o'tkazsak osonroq bo'lardi. Lekin bu bahona bo'lmaydi. Qaysi jamoa bilan nechanchi turda to'qnash kelishimizdan qatiy nazar faqat ochko olish va muxlislarni mazmunli o'yin bilan xursand etishga harakat qilamiz.

- Asosiy tarkibni aniqlab oldingizmi?
- Ayni paytda qo'l ostimda har bir chiziq uchun teng kuchli ikkitadan futbolchi bor. Bilasizmi bunday paytda murabbiyga oson bo'maydi. CHunki barcha futbolchida etarlicha o'yin amaliyoti bo'lishi uchun ularning barchasidan qaysi paytda qanday foydalanishni bilish kerak. Qo'l ostimdagi yigitlar bilan suhbatlashganimda hech kimga asosiy tarkibdan joy kafolatlanmaganligini va bunga har bir futbolchi o'z mehnati orqali erishishi mumkinligini aytdim. Hech qanday tanish-bilishchilik ketmaydi. SHuningdek futbolchining yoshiga ham qaralmaydi. Ko'rsatmalarimizni aniq va to'g'ri bajara olsagina asosiy tarkibda o'ynayveradi. Biz futbolchilar bilan suhbatlashganda shunga kelishgan xolda, maydonga tushganda vijdonan o'yin namoyish etib, eng avvalo muxlislarni sifatli o'yin bilan xursand etishga kelishib oldik. Fursatdan foydalanib kirib kelayotgan yangi milliy chempionatimiz bilan muxlislarni tabriklab qolaman. SHu o'rinda har kuni mashg'ulotlarimizga kelib, bizni qo'llab-quvvatlayotgan ashaddiy ishqibozlarimizga ham samimiy minnatdorchiligimni izhor etib qolaman. Nasib qilsa bu yil ularni chiroy o'yinlar orqali xursand etamiz degan umiddaman.

Islombek RUSTAMBEKOV suhbatlashdi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика