So’nggi yangiliklar

10:13Ўзбекистон МОҚ раҳбарлари "Манчестер Сити" клуби меҳмони бўлишди   0 09:46Гвардиола Родридан нима истаётганини айтди  1 09:20Пролига. Бугун янги турга старт берилади  0 08:53"Манчестер Юнайтед" 20 ёшли дарвозабон билан шартнома имзолашга яқин  0 08:26Суперлига. Бугун 20-тур якунланади  0 07:58"Интер" "Ланс" ярим ҳимоячисини сотиб олди  0 07:35Суперлига. "Андижон" – "Пахтакор" ўйинида 8 та гол урилди ва "шерлар" ғалаба қозонди. "Қизилқум" – "Бунёдкор" баҳсида эса дуранг  10 07:30"Манчестер Сити"нинг яна бир ҳимоячиси тарк этиши мумкин  1 01:56АПЛ. "Челси" дербида "Вест Хэм"ни аямади  5 01:39Франция. ПСЖ яна кичик ҳисобда ғалабага эришди  0 01:29Бундеслига старт олди: мавсумнинг илк ўйинида "Бавария" "Лейпциг"ни янчиб ташлади, Кейндан хет-трик!  8 00:49Бошланғич таркибдаги Палмер нима сабабдан дербида қатнашмаяпти?  0 00:30ЖЧ-2026га қуръа қачон ва қаерда ташланиши маълум!  5 00:02Акмал Рустамов: "Юзага келган вазиятлардан фойдаланганимизда 3-4та тўп фарқи билан ютишимиз мумкин эди"  3 23:46Илёс Зейтуллаев: "Бунёдкор" ПФЛ тақдим этаётган тақвимни ҳурмат қилади"  0

Baxtiyor Ashurmatov: “Muxlislarimizni daldasi g'alabaga zamin yaratdi” Yangiliklar

Baxtiyor Ashurmatov: “Muxlislarimizni daldasi g'alabaga zamin yaratdi”

Matbuot anjumanining ikkinchi qismida “Navbahor” bosh murabbiyi Baxtiyor Ashurmatov jurnalistlarning qiziqtirgan savollariga javob qaytardi.
- Namanganda barcha talablarga javob beradigan zamonaviy o'yingoh foydalanishga topshirildi. Buning uchun davlatimiz rahbarlariga katta rahmat. Qayta tamirlangan o'yingohni muxlislar, futbolchilar katta sovg'a sifatida qabul qildik. Bugun o'yingohni ochilishi va birinchi o'yin o'tkazilganligi uchun Namanganda katta bayram edi. Bayramlarini buzishga bizni haqqimiz yo'q edi.

SHu sababdan maydonga faqat g'alabani ko'zlagan holda tushgandik. Bundan tashqari, so'nggi turlardagi mag'lubiyatlar musobaqa jadvalidagi mavqeimizga tasir ko'rsatgandi. G'alabani qo'lga kiritish orqali muxlislarni xushnud qilishni o'ylagandik. Yangi o'yingoh, muxlislarni ko'pligi bois yigitlar xayojonlanishdi. Birinchi bo'limning dastlabki qismida o'yinimiz qovushmadi. Ishqibozlarni ham to'g'ri tushunish kerak. Sababi ular g'alaba va chiroyli o'yinni istashadi. SHuning hujumga o'tishimizni talab etishdi. Lekin, “Olmaliq” ham yaxshi shakllangan tarkibga ega jamoalar sirasiga kiradi. Qolaversa, tajribali mutaxassislardan biri Igor SHkvirin har qanday holatda jamoasini g'alaba sari etaklay oladi. Birinchi golga qadar futbolchilarimiz o'zlariga kela olishmadi.

Juda qiyin bo'ldi. Javob to'pi kiritilgach, esa yigitlarda o'zlariga bo'lgan ishonch ortdi va muxlislarimizni ajoyib tarzda qo'llab-quvvatlashlari natijasida oldinga intildik. Xudoga shukurki ishqibozlarimiz oldida yuzimiz yorug' bo'lib yakunda g'alabani qo'lga kiritdik. Ushbu g'alaba bilan klub rahbariyati va muxlislarimizni tabriklayman.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика