So’nggi yangiliklar

12:17Уэйн Руни: “МЮнинг ўтган ёзгача бўлган трансфер сиёсати даҳшатли эди"  0 11:53Ўзбекистон U-23 терма жамоаси асосий таркиби эълон қилинди  2 11:37Рауль Кумар: "Қатарга узоққа бориш мақсадида ташриф буюрганмиз ва биздан шуни кутишмоқда"  3 11:10Хорватия U-17 бош мураббийи: "Ҳеч қандай рақибдан қўрқмаймиз"  18 10:52"Ливерпуль" Салоҳга ўринбосар топди  1 10:24АПЛ клуби Родриго трансфери бўйича "Реал" билан музокараларни бошлади  0 09:56Дешам ЖЧ-2026дан кейин қайси клубни бошқариши мумкинлиги маълум бўлди  1 09:28"Ливерпуль" январда ПСЖ етакчиси учун 130 миллион евро тўлаши мумкин  2 08:59Месси: "Мен бутун умримни "Барса"да ўйнаб ўтказаман, деб ўйлагандим"  3 08:31"Челси" "Реал" тарбияланувчисини сотиб олмоқчи  3 08:03Ўзбекистон Хорватия баҳсининг бошланиш вақти маълум  23 07:35Sofascore. Йирик ҳисоб қайд этилган баҳсда футболчиларимиз неча баҳога лойиқ кўрилди?  3 01:18Муҳаммад Ҳакимов: "Тикланиб олишимиз керак"  3 00:18Сайфиддин Содиқов: "Бош мураббийимизнинг кўрсатмаларини тўлиқ бажара олмадик"  3 23:30U-17 ЖЧ. Ўзбекистон – Панама 6:1   4

Baxtiyor Ashurmatov: "Mavjud imkoniyatdan kelib chiqib transfer ishlarini amalga oshirayapmiz" Yangiliklar

Baxtiyor Ashurmatov: "Mavjud imkoniyatdan kelib chiqib transfer ishlarini amalga oshirayapmiz"

Xabaringiz bor, ayni kunlarda Farg'ona shahrida tashkil etilayotgan "Hokim kubogi-2022" musobaqasi davom etmoqda. Saytimiz muxbiri mazkur musobaqa doirasidagi "Qo'qon-1912" - "Andijon" (0:0) uchrashuvidan qo'qonliklar bosh murabbiyi Baxtiyor Ashurmatov bilan intervyu tashkilladi.

- Baxtiyor aka, bugungi uchrashuv va "Hokim kubogi" musobaqasi haqida fikrlaringiz qanday?

- Bugungi o'yin haqida aytadigan bo'lsam, "Andijon" Pro-ligaga tushib ketganiga qaramasdan kuchli tarkibga ega bo'lgan jangovor jamoa. Bu jamoada har doim bo'ydor himoyachi va hujumchilari bo'lgan. Jamoa standart vaziyatlarda juda yaxshi ishlaydi. Bugungi o'yinda vaziyatlar kam bo'lgandek ko'ringandir, lekin maydonda jangovor kurash kechdi. 

"Andijon" mazkur musobaqada eng kuchli jamoalardan biri. Ular ham chorak final yo'llanmasiga ega chiqishdi. Bilasizmi, "Qo'qon-1912" va "Andijon" jamoalari final uchrashuvida yana to'qnash kelishi mumkin. "Andijon"ga befarq emasman, ularda ajoyib muxlislar bor. Ular shu yilning o'zidayoq yana Superligaga qaytishlarini tilab qolaman. 

- "Qo'qon-1912" garchi musobaqa favoriti sifatida qaralayotgan bo'lsa ham guruh bosqich o'yinlarida u qadar yorqin o'yin namoyish etmadi. Bunga nima sabab bo'ldi deb hisoblaysiz?

- Yo'q, nega endi? Biz guruh bosqichini birinchi o'rin bilan tugatdik. Tarkibimizda ko'plab futbolchilar yo'q, natijaga qaramasdan yosh futbolchilarni maydonga tushirayapmiz. Bundan tashqari maydonlar ham futbolchilarga o'zlarini to'laqonli namoyish etishlariga imkon bermayapti. Jamoamiz "Hokim kubogi" musobaqasida yaxshi darajada ishtirok etmoqda. Biz Bu musobaqaning natijasi qiziq emas, tezroq chiqib ketish kerak degan fikrda bo'lganimiz yo'q. Aks xolda musobaqaga ikkinchi tarkibimizni yuborishimiz mumkin edi. Murabbiy va futbolchi har bir musobaqada o'z oldiga yuqori maqsadlarni qo'yishi kerak. Biz bu musobaqaga jiddiy yondashmoqdamiz. Birinchi turda "Alay" jamoasi bilan durang o'ynaganimizdan so'ng turli gap-so'zlar ham tarqaldi.

O'tgan mavsum musobaqa darajasi balandroq edi. Masalan hozir musobaqada Turkiyada tashkil etilayotgan yig'in "Neftchi" jamoasi ishtirok etmayapti. O'tgan mavsumda "Bunyodkor" ham qatnashgandi. Kuchli jamoalar soni ko'proq edi. Bu musobaqaning saqlanib qolinishi ko'p jamoalar uchun yutuq bo'lardi, chunki ko'rikda bo'lib turgan futbolchilarni sinovdan o'tkazib olish imkoniyati tug'iladi. Bundan tashqari raqiblar safida bir nechta futbolchilarni ko'rdik, selekciya ishlarini amalga oshirish imkoniyati ham paydo bo'lmoqda. Musobaqaga yanada kuchliroq jamoalar jalb etilsa, darajasi yanada ortgan bo'lar edi."Hokim kubogi" musobaqasini saqlab qolganliklari uchun tashkilotchilarga va viloyat futboliga, xususan "Qo'qon-1912" jamoasiga ko'rsatayotgan etiborlari uchun viloyatimiz hokimi Xayrulla Xaitbaevich Bozorovga klubimiz nomidan minnatdorchilik bildirgan bo'lardim.

Bugungi o'yinda andijonliklar safida 3 nafar yaxshi saviyadagi legioner futbolchi harakat qildi. SHuningdek, jamoaning yosh futbolchilari ham o'zlarini ko'rsatishdi. SHaxsan menga "Andijon" safidagi 14-raqamli yosh futbolchining harakatlari maqul keldi. 

- Transferlar oynasi yopilguniga qadar tarkibga yangi futbolchilarni jalb etish rejasi bormi?

- Gapning ochig'i, biz juda katta yo'qotishlarga uchradik. Jamoamizni yosh tezkor futbolchilar tark etishdi. Muhammadanas Hasanov, SHohjahon Norbekov, Asadbek Sobirjonov, Farhod Bekmurodovlarning boshqa jamoalarga o'tib ketganliklari biz uchun jiddiy yo'qotish bo'ldi. Bu futbolchilarning o'rinlarini to'ldirish borasida selekciya ishlarini amalga oshirayapmiz, yaxshi saviyadagi futbolchilarni tarkibga jalb etdik. Selekciya ishlarini davom ettirayapmiz, himoya chizig'ida Murod Xolmuhammedov va Ivan Yosovichlar qoldi. Xolmuhammedov har bir o'yinda almashtirishlarsiz o'ynashga majbur bo'layapti. 

- Quvondiq Ro'zievning ortga qaytarilishi jamoa muxlislarini xursand qildi. Javohir Siddiqovni ham qaytarish imkoniyati bormi?

- Quvondiq Ro'ziev yana jamoamizga qaytdi, lekin bu biz uchun oson kechgani yo'q. Imkon bo'lganida Javohirni ham bajonidil qaytargan bo'lardik. Lekin biz imkoniyatimizdan kelib chiqib transferlarni amalga oshirayapmiz.

Bekzod Tolibov yozib oldi.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика