So’nggi yangiliklar

02:40А Серия. "Милан" Сардинияда ғалабага эришди  0 01:23Роналду 5 ой деганда чемпионатда гол ура олмади  5 00:55"Интер" футболчиси "Ювентус"га ўтишни истамоқда  0 00:40Саудия Арабистони. Иккита қизил, 5та гол - "Ал Насср" мавсумда илк марта мағлуб бўлди  10 00:13"Ливерпуль" футболчисига шартнома таклиф қилади  0 23:47"Борнмут" 37 ёшли дарвозабон билан шартнома имзолади  0 23:24"Бавария" Гвардиоланинг собиқ ёрдамчисини ишга олди  1 22:50БАА. "Бани Яс" ўз майдонида ютқазди, Шукуров пенальтидан гол ура олмади  6 22:37Мбаппе Саудия Арабистонига боради, лекин...  1 22:16"Кристал Пэлас" ўз тарихидаги энг қиммат трансферни амалга оширди  0 21:32"Интер" ва "Ал Ҳилол" музокараларга киришди  0 21:16Рубен Аморим "МЮ" - "Лидс" ўйини ҳақида: "Бу дерби эканлигини эшитдим, бироқ АПЛда барча ўйинлар жуда қийин ўтади"  3 20:55Ханси Флик: "У жамоа учун жуда муҳим футболчи"  1 20:33Пеп Гвардиола Энцо Маресканинг истеъфоси ҳақида: "Менинг омадим келган"  5 19:59"Манчестер Юнайтед" Бундеслигадаги вингерга кўз тикди  0

Baxtiyor Ashurmatov: "Keyingi bosqichga chiqish vazifasi bajarildi, biroq 1-o'rinni qo'lga kiritish masalasi hal etilmadi" Yangiliklar

Baxtiyor Ashurmatov: "Keyingi bosqichga chiqish vazifasi bajarildi, biroq 1-o'rinni qo'lga kiritish masalasi hal etilmadi"

O'zbekiston kubogi 2-turi doirasidagi "Qo'qon-1912" – "Do'stlik Oltiariq" (4:1) o'yinidan keyin qo'qonliklar ustozi Baxtiyor Ashurmatov fikrlarini bildirib o'tdi.




- O'yin haqida

- Hisob o'yinga yarasha bo'lmadi. "Do'stlik Oltiariq" yirik hisobda yutqazishga loyiq o'yib ko'rsatmadi. Ulardagi tirishqoqlik, harakatchanlik hayratda qoldirdi. Hisob  4:1 bo'lib turgan paytda ham to'xtashmadi. Mo'ydin Mamazulumov yaxshi saviyadagi hujumchi ekanligini ko'rsatdi. Himoyachilarimizni butun o'yin davomida tahlikada ushlab turdi. 

"G'ijdivon" bilan kechgan o'yinimiz hamda bugungi o'yinni solishtirsak, katta farq bor. Bugun xatolar ko'payib ketdi, to'pni ko'p yo'qotdik va taktik tarafdan kamchiliklarimiz kuzatildi. 

Keyingi uchrashuvlarga boshqacha munosabatda bo'lamiz. Mashal" bilan bahsda ham faqat g'alaba uchun o'ynaymiz. Keyingi bosqichga chiqish vazifasi bajarildi, biroq 1-o'rinni qo'lga kiritish masalasi hal etilmadi. Keyingi bahsda ijobiy natija ko'rsatishimiz lozim, chunki bu keyingi bosqich qurasida ustunlik beradi. SHu sababli biz oxirigacha kurash olib boramiz. Etibor bergan bo'lsangiz, deyarli optimal tarkibni maydonga tushiryapmiz. 

- Murod Xolmuhammedov va Murod Komilov xususida nima deya olasiz?

- Murod Xolmuhammedov jarohatdan tiklanishda davom etyapti. O'ylaymanki, AGMKga qarshi o'ynay oladi. Murod Komilovga kelsak, unga sekin-asta ishonch bildiryapmiz. U omadli yigit ekanligi ko'zga tashlanyapti. CHunki kerakli vaqtda kerakli joyda paydo bo'lib, gol uryapti. U o'z ustida ishlab, mehnat qilishda bardavom bo'lsa, keyinchalik O'zbekiston terma jamoasida ham foyda keltiradi, degan umiddamiz.

- "Qo'qon-1912" qachon o'z maydonida to'p tepadi?

- Vaziyatdan oz bo'lsa-da, xabardorman, biroq bu savol menga tegishli emas. CHunki bu masala bilan klub rahbariyati shug'ullanishi kerak. 

Hali projektor qo'yilmagani sababli maydonimizda o'ynolmayapmiz. 

Yaypan ikkinchi uyumizdek bo'lib qolgan. Bizga  qadrdon, futbolni sevadigan insonlar ishlashadi. Ularga bizga yaratib berayotgan sharoit uchun minnatdorlik bildiramiz.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика