So’nggi yangiliklar

15:05"Челси" раҳбарияти янги мураббий танлашда қайси тамойилга амал қилиши маълум  0 14:38Манба: Абдуқодир Ҳусанов — Осиёнинг 2025 йилдаги энг яхши ёш футболчиси!  3 14:10"Андижон" вингери "Бухоро"га ўтиши мумкин  2 13:42Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди  3 13:19Расман: Олег Зотеев "Локомотив"га қайтди  2 12:57ОКМК футболчиси Австралия клубига ўтди  2 12:30"Насаф" Бозоров ва Голбан билан хайрлашди  12 12:24Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  28 12:102026 йилда бўладиган халқаро мусобақалар  3 11:44"Нефтчи" Туркияга йўл олмоқда. Таркибда кимлар бор?  10 11:26Мозийга қайтиб... Бир сурат тарихи  0 10:52Энцо Мареска товон пулининг бир қисмидан воз кечди  1 10:23ESPN АПЛнинг ўтган йилдаги энг яхши ўнта ёзги трансферлари рўйхатини эълон қилди  1 09:54"Ал Ҳилол" хусусий клубга айланмоқда  3 09:25Романо "Челси" бош мураббийи лавозимига асосий номзодни эълон қилди  1

Baxtiyor Ashurmatov: "Hozir qiziqqonlik bilan fikr bildirib qo'yishim mumkin" Yangiliklar

Baxtiyor Ashurmatov: "Hozir qiziqqonlik bilan fikr bildirib qo'yishim mumkin"

Superliganing 6-turidan o'rin olgan "Qo'qon-1912" - "Nasaf" (0:1) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Baxtiyor Ashurmatov matbuot anjumanida ishtirok etdi.




O'yin haqida

- Avvalo Ramazon hayit bayrami bilan muxlislarimizni va O'zbekiston xalqini tabriklayman. Futbolchilarga o'tgan o'yinda mag'lub bo'lganimiz va bugun borimizni berib o'ynashimiz lozimligini tushuntirgandim. G'alabaga erishganimizda 3 ochko muxlislarimiz uchun sovg'a bo'lardi. Yigitlar harakat qilishdi, afsus so'ngi daqiqalarda omad bizdan yaqqol yuz o'girmoqda. Bugun tan olish kerak, durang natijaga mos o'yin bo'ldi. "Nasaf" OCHLda tig'iz taqvim bilan o'yinlar o'tkazib keldi. Ularni guruh bosqichidan chiqqanliklari bilan tabriklayman. 

Yutqazgan murabbiy uchun jarayon juda og'ir bo'ladi. G'alaba uchun ko'proq harakat qilishimiz kerak. Bugun hujumkor taktika tanladik, 2 ta hujumchi bilan o'yin boshladik. Lekin, tan olish kerak, bizda vaziyatlar ko'p bo'lmadi.

- Gol bo'lgan vaziyatda darvozabonga nisbatan qo'pollik bor edi deb hisoblaysizmi?

- Bilmadim, bunaqa vaziyatlarda hakamlar ko'proq darvozabonlar foydasiga qaror chiqarardi. Lekin hozir bu provakacion savolga o'xshab qolayapti. Nimadir deb yuborishim yoki hozir gapning ochig'i, qiziqqonlik bilan fikr bildirib qo'yishim mumkin. Bu vaziyatlarga to'xtalishning o'zi to'g'ri emas. To'p nazorati bizda emasdi, yutqazdik, bo'lar ish bo'ldi. Vaziyatni oxirigacha o'ynab qo'yishimiz kerak edi. Muxlislar bizni oxirigacha qo'llab-quvvatlashdi. Biz xatto durangni ham ushlab qola olmadik. O'yin oxirida SHahzodbek Nurmatovning jarohati tufayli yaqqol hujumchisiz qolib ketdik. Keyingi o'yinlarga tayyorgarlikka kirishamiz. Muxlislardan murabbiylar shtabi nomidan uzr so'rayman. To'g'ri, uzr so'rash bilan ish bitmaydi, aybdormiz. Bugun 6 ochkolik o'yin edi. Durang bo'lganida ham turnir jadvalida normal o'rinda qolardik. Murabbiyning reytingi natijaga qarab baholanadi.

Reyting: -34   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика