So’nggi yangiliklar

14:35Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мағлубиятга учради  3 14:18Жоан Лапорта: "Месси эндиликда “Барселона”га футболчи сифатида қайтмайди"  1 13:21"Реал" Эндрикни қўйиб юборишга рози бўлди  1 12:59Рубен Диаш: “Ман Сити”да янги ўйинчилар пайдо бўлди, лекин сифат ўзгармаган"  1 12:17Уэйн Руни: “МЮнинг ўтган ёзгача бўлган трансфер сиёсати даҳшатли эди"  1 11:53Ўзбекистон U-23 терма жамоаси асосий таркиби эълон қилинди  5 11:37Рауль Кумар: "Қатарга узоққа бориш мақсадида ташриф буюрганмиз ва биздан шуни кутишмоқда"  5 11:10Хорватия U-17 бош мураббийи: "Ҳеч қандай рақибдан қўрқмаймиз"  21 10:52"Ливерпуль" Салоҳга ўринбосар топди  1 10:24АПЛ клуби Родриго трансфери бўйича "Реал" билан музокараларни бошлади  0 09:56Дешам ЖЧ-2026дан кейин қайси клубни бошқариши мумкинлиги маълум бўлди  1 09:28"Ливерпуль" январда ПСЖ етакчиси учун 130 миллион евро тўлаши мумкин  4 08:59Месси: "Мен бутун умримни "Барса"да ўйнаб ўтказаман, деб ўйлагандим"  5 08:31"Челси" "Реал" тарбияланувчисини сотиб олмоқчи  3 08:03Ўзбекистон Хорватия баҳсининг бошланиш вақти маълум  27

Baxtiyor Ashurmatov: “Farg'ona viloyati hokimi futbolning haqiqiy jonkuyari” Yangiliklar

Baxtiyor Ashurmatov: “Farg'ona viloyati hokimi futbolning haqiqiy jonkuyari”

Farg'ona shahrida “Xokim kubogi-2022” musobaqasi bo'lib o'tmoqda.

Turnirning asosiy favoriti hisoblangan “Qo'qon-1912” jamoasining bosh murabbiyi Baxtiyor Ashurmatovdan musobaqada haqida o'z fikrlarini bayon qilishlarini so'rab murojaat qildik.

- “Farg'ona viloyati hokimi kubogi” musobaqasi mana bir necha yildirki ananaviy tusga aylanib ulgurdi. So'nggi yillarda turnirda Qirg'iziston jamoalari ham ishtirok etishlari natijasida musobaqa xalqaro darajaga chiqib bordi. Farg'oananing “Neftchi” jamoasi xorij yig'ini tufayli bu yilgi musobaqada ishtirok eta olmayotgani turnir nufuzini tushirmaydi. Qolgan ishtirokchi jamoalar ham yaxshi raqiblar deb aytishim mumkin.

“Hokim kubogi” musobaqasida jamoamiz eng yuqori maqsadni ko'zlagan. Biz bu turnirda g'olib chiqishni istaymiz. Barcha o'yinlarda faqat g'alaba qozonish uchun maydonga chiqamiz. Muxlislarimiz bizni bu turnirda shunchaki ishtirok etadi deb o'ylashmasin. Musobaqaning eng foydali tomonlaridan biri jamoamizga yangi qo'shilgan futbolchilarni maydonda sinab olish imkoni yuzaga keladi.

SHu o'rinda bu turnirni tashkil qilib berayotgan Farg'ona viloyati xokimi Xayrulla Hayitboevich Bozorovga o'z nomimdan, jamoamiz hamda muxlislarimiz nomidan minnatdorchilik bildiraman. Viloyatimiz xokimi futbolning haqiqiy jonkuyari bo'lgan inson deb bilaman. U kishining boshchiliklarida viloyatimizda futbol tobora rivojlanib bormoqda. Viloyatimizning ikki jamoasi superliga o'yinlarida ishtirok etishida ham viloyatimiz rahbarining hissalari juda katta. Xayrulla Xayitboevich bizning jamoamizga ham befarq emaslar. Bizni doim kuzatib, kerak bo'lsa moddiy hamda manaviy qo'llab-quvvatlab turishibdi. 

“Qo'qon-1912” jamoasi bu yilgi mavsumda Superliga o'yinlarida viloyatimiz sharafini munosib himoya qilishiga ishonchim komil va bu yo'lda bor kuch-g'ayratimizni ishga solib mehnat qilishga tayyormiz” - dedi Baxtiyor Ashurmatov.



Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика