So’nggi yangiliklar

16:38"Андижон" — "Сўғдиёна" 0:0 (Матнли трансляция)  4 15:26"Манчестер Юнайтед" Вальверде эвазига "Реал"га ўз футболчисини беришга тайёр  3 14:38"Арсенал" 80 млн евролик испанни харид қилмоқчи  0 13:58Левченко: "Нега ғалабани мухлислар билан нишонламайман? Барчаси ўйиндаги асаб ва руҳий чарчоқ сабаб"  2 13:14Фергюсон "Манчестер Юнайтед"га қайтмоқчи эканини тан олди  16 12:35Аморимнинг "Реал"даги трансфер мақсади маълум бўлди  4 11:56"Реал" "Ливерпул"нинг навбатдаги юлдузини нишонга олди  10 11:20Месси МЛС тўпурарлар пойгасида етакчилик қилмоқда - 22 та ўйинда 22 та гол  4 10:53Бугун бўлиб ўтадиган "Арсенал" - "Манчестер Сити" баҳси учун жамаоларнинг эҳтимолий таркиби  19 10:27Мареска Санчеснинг 3-дақиқада олган қизили ҳақида гапирди  3 09:55Хаби Алонсо "Реал Мадрид" тарихида фақат икки мураббий эришган муваффақиятни такрорлади  10 09:23"Манчестер Юнайтед" - "Челси" учрашувининг биринчи бўлими АПЛ тарихига кирди  3 08:41"Барселона" Маркус Рэшфорд борасида бир қарорга келди  3 08:07Суперлига. Бугун 22-тур якунланади  6 08:05МЛС. Мессининг иккита голи ва битта голли узатмаси "Интер Майами" жамоасига "Ди Си Юнайтед" устидан ғалаба келтирди  42

Baxtiyor Ashurmatov: "Bundan keyin ham yurakdan ishlashga tayyorman" Yangiliklar

Baxtiyor Ashurmatov: "Bundan keyin ham yurakdan ishlashga tayyorman"

Soca Cola Superliga 25-tur doirasidagi “Andijon” – “Qo'qon-1912” uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining birinchi qismida mehmonlar ustozi Baxtiyor Ashurmatov ishtirok etdi.

- Gapni ochig'i, bugungi o'yinning ahamiyati biz uchun baland edi. Bugungi bahs “Paxtakor” va boshqa kuchli jamoalar bilan bo'ladigan uchrashuvlardan ham muhimroq edi. Boisi, o'yindan oldin “Qo'qon-1912” jamoasi “derbi”da raqiblarga yordam berishi mumkin, degan gap-so'zlar ham ko'payib ketgandi. Xudoga shukrki, yuzimiz yoruq bo'ldi, bugun g'alaba qozondik va gap-so'zlar asossiz ekanligini istobladik. Yigitlarga bugun jamoamiz va muxlislarimiz shani uchun ham maydonda borlarini berib harakat qilishlarini aytgandik. Ular ko'rsatmalarimizni to'liq bajarishdi. Murabbiylar shtabi uchun muhim bo'lgan bahsda g'alaba qozonishdi. Biz bugungi o'yinimiz bilan shu narsani ko'rsatib berdikki, tanlagan yo'limizdan adashmadik. Mag'lubiyatga uchragan va g'alaba qozongan bahslarda ham halol va vijdonan harakat qildik. Yigitlarga katta minnatdorchilik bildiraman, maydonda borlarini berib harakat qilishgani uchun. “Paxtakor” va “Lokomotiv” bilan bo'lgan o'yinlarda ham bugungidek hayajonlanmagan edim.

Bevosita o'yin haqida to'xtaladigan bo'lsak, bellashuv “Derbi”ga xos shiddatli tarzda o'tdi. “Andijon” uchun bugungi bahsning ahamiyati juda yuqori edi. Ammo bugun omad bizga kulib boqdi. Jangovor o'yinlari uchun raqiblarimizga rahmat aytaman. “Andijon” men uchun begona emas, bu erda ishlaganman jamoaga befarq emasman. O'ylaymanki, “Andijon” superligadagi o'rnini saqlab qoladi. Bugun jamoaning asosiy raqiblari ham mag'lubiyatga uchradi.

Oxirgi turda kim kuchli bo'lsa o'sha jamoa Superligada qolsin. Hamma jamoalarga omad tilayman. Kuchlilar safida qolishiga tilakdoshman.

Ivan Yosovich bizning bu yilgi mavsumdagi omadli transferlarimizdan biri bo'ldi. U yigit kamtar va jamoamizga tez kirishib ketdi. Maydonda ham o'z o'yini bilan muxlislar mehrini qozonishga erishdi. Rayevac esa barqaror o'ynay olmadi. Ehtimol bunga chempionat paytidagi uzilishlar sabab bo'lgandir. Bugungi o'yin oldidan ikki futbolchiga uylariga ketishga ro'xsat berdik. Ular 11 oy davomida vatanlariga borishmagandi. Qolaversa, bugungi bahsda maydonga tusha olishmasdi.

“Qo'qon-1912” jamoasi o'z oldiga qo'ygan maqsadidan yuqori sakrashga erishdi. Jamoa oldingi mavsumlarda afsuski, kuchlilar safida qolish uchun kurashardi. Bu yil ana shunday holatlar yuz bermasligi shartligini rahbariyatimiz aytishgandi. Mavsum oxirini bexavotir o'tkazaylik degan gaplar bo'lgandi. O'sha suhbatdan keyin selekciyani yaxshi olib borsak, yuqoriroq o'rinlarni olish mumkinliga ishongandim. Biz o'z oldimizga yuqoriroq maqsad qo'ygandik. Qaysidir jihatdan buni uddaladik. Qaysidir jihatdan buni uddalay olmadik. Biz uchinchi o'rinni ham olishimiz mumkin edi. Afsuski, ayrim o'yinlarda yo'qotgan ochkolarimiz bizga pand berdi. Mavsumdagi natijamizdan yuz foiz qoniqmadim. CHunki, bu yigitlar bilan bundanda yuqori o'rinlar uchun kurashishimiz mumkin edi.

Muzaffar Muzaffarov uzoq vaqt jarohatini tiklash bilan band bo'ldi. O'z formasini tiklashigacha uning raqobatchilari esa o'zlarini ko'rsatishdi. SHunday bo'lsa-da, Muzaffarov doim bizga yordam berishga tayyor edi. Hali mavsum yakunlagani yo'q va u yana maydonga tushishi mumkin. Muzaffarov kuchli, saviyali futbolchi va uni o'z safida ko'rishni istaydigan murabbiylar ko'p deb o'ylayman.

SHartnomam bir yilga mo'ljallangan. Lekin mening pricipim ishonch asosida ishlash. Menga klub rahbarlari qancha imkoniyat berishsa shuncha ishlashga tayyorman. O'zim qo'qonlikman va hech qanday faktor rol o'ynamaydi. Bundan keyin ham yurakdan ishlashga tayyorman. Bu yilgi tarkibimizga yana bir nechta tajribali o'yinchilarni qo'shib olsak, bundan ham yuqori o'rinlarni qo'lga kirita olamiz.

Kubokda imkonsiz narsa yo'qligini bir necha marta guvoh bo'lganmiz. AGMK bilan biz kubokni qo'lga kiritganimiz bunga yaqqol misol bo'la oladi. Kubokda ham jamoamiz ko'p narsaga qodir. Lekin shuni ham aytish joizki, ayni damda jamoamizda katta yo'qotishlar bor. SHuni ham inobatga olish lozim. Ammo bu bahona bo'la olmaydi va biz kubok bahslarida ham yaxshi natijalarga erishishga harakat qilamiz.



Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика