So’nggi yangiliklar

00:46Расман: Онана - "Трабзонспор" дарвозабони!  5 00:15"Вест Хэм" дербидан олдин мухлисларга тақиқ қўйди  0 23:44Доннарумма "Манчестер Сити"да қайси рақамда ўйнайди?  0 23:29"Реал" "Ливерпуль" марказий ҳимоячисини текинга қўлга киритмоқчи  0 22:57"Атлетик" "Ал Насср" футболчисини рўйхатдан ўтказди  0 22:32УЕФА 2026/27 мавсумидаги еврокубоклар финаллари ўтадиган стадионларни эълон қилди  1 22:16Отабек Нарзуллаев: "Бу мавсум давомидаги энг муҳим учрашувлардан бири бўлди"  0 21:45Элдор Мойлиев: "Футболда ютган жамоага юқори баҳо қўйилади"  1 21:18"Бунёдкор" стадионини ўз ҳолатига қайтариш ишлари бошланди  20 20:49Рональдиньонинг ўғли Чемпионшип жамоасида ўйнайди  4 20:22Суперлига. "Машъал" Ғузорда "Шўртан"дан устун келди  7 19:53Виктор Гёкереш – Португалия чемпионатида мавсумнинг энг яхши футболчиси  0 19:24"Арсенал" икки етакчиси билан шартномани узайтирмоқчи  3 18:55Испания терма жамоаси бош мураббийи: "Ле Норман – Европанинг энг яхши ҳимоячиларидан бири"  1 18:24"Бавария" 14 ёшли Ямаль билан шартнома имзоламоқчи бўлган  2

Baxtiyor Ashurmatov: "Bugun hakam bizni "o'ldir"di" Yangiliklar

Baxtiyor Ashurmatov: "Bugun hakam bizni "o'ldir"di"

"Paxtakor" - "Navbahor" (2:1) uchrashuvidan so'ng tashkil etilgan matbuot anjumanida birinchi bo'lib mehmonlar ustozi ishtirok etdi.
"Paxtakor" bugun yaxshi o'ynadi, biz esa o'yin boshidan himoyalanishga majbur edik. "Paxtakor"ni g'alaba bilan tabriklagan holda shuni aytishim mumkinki, bugun hakam bizni mag'lubiyatga uchrashimizni istadi. Balki bu gaplarim bu hakamlarga og'ir botar va keyingi o'yinlarda ular mening jamoamga qarshi yanada battar qarorlarni chiqararlar. Ammo men shu gapni bugun aytishim kerak", - deydi Baxtiyor Ashurmatov.

- Nima uchun tezkorroq o'ynamadinglar?
- CHunki "Paxtakor" bizni himoyalanishga majbur qildi. Agar qizil kartochka ko'rsatilmaganida ikkinchi hujumchini tushirishni o'ylab turgandim.

- Penalti borasidagi vaziyatni to'g'ri baholay oldizmi?
- Bu vaziyatga hali etiroz bildirganim yo'q. CHunki videotasmani ko'rib chiqishim kerak. Men boshqa vaziyatlarda hakamga etiroz bildiryapman.

- Jamoangiz juda ko'plab vaziyatlarda o'yinni cho'zishdi. Balki shu narsa hakamni shoshirib qo'ygandir?
- Balki, lekin "Paxtakor"ga qarshi o'yinda natijaga erishishimiz uchun shu usuldan foydalandik. "Paxtakor" kabi jamoalarga qarshi o'yinda tezda turib ketib o'ynab bo'lmaydi. CHunki futbolchilarimiz charchab qolishdi. Mag'lubiyatga uchraldi, bu uchun aybni o'z zimmamga olaman. "Paxtakor"ni ham beetibor qoldirmagan bo'lardim. Ularning tarkibida haqiqatdan ham yaxshi o'yinchilar ko'p.

- Ikkinchi davrada "Paxtakor"ga qarshi boshqacha tayyorgarlik ko'rasizmi, aynan hakamlar borasida?

- Balki men hozir qizishib ketayotgandirman. Yana o'yinni qayta ko'rib chiqishim kerak. Balki biz adashayotgandirmiz, balki hakam adashgan. Uni endi qayta ko'rganimdan keyin bir narsa deyishim mumkin.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика