So’nggi yangiliklar

07:30Суперлига. Бугун 2 та учрашув бор  0 02:11ЕЧЛ саралаши. "Қайрат" сўнгги босқичнинг илк баҳсида "Селтик" билан дуранг ўйнади. Барчаси Олмаотада ҳал бўлади  4 01:13Шоҳмалик Комилов: "Бугун қийин бўлишини билардик. "Шўртан" - футбол ўйнайдиган жамоа"  4 00:34Биринчи лига. Охтаевдан пента-трик, пешқадамлардан ғалабалар ва бошқа натижалар  1 00:19U-21 биринчилиги. "Пахтакор"дан 8:0, "Машъал"дан камбэк, пешқадам "Навбаҳор"дан ғалаба ва бошқа натижалар  0 23:55Вадим Абрамов: "Мен ВАРни тушунмаяпман"  14 23:45Иван Бошкович: "Биз охиригача курашадиган жамоамиз"  9 23:40Суперлига. "Шўртан" – "Навбаҳор" 3:3  0 23:21"Динамо" Танташевнинг Жиззахдаги қарорлари бўйича расмий эътироз киритди  24 23:11Дониёр Нарзуллаев: "Бироз омадимиз келмади. Голларимни фарзандларимга бағишлайман"  0 22:36Элдор Мойлиев: "Қийналиб тўп киритамиз, кейин эса оддий гол ўтказамиз"  4 22:11Сергей Лушчан: "Қўлни туширмасдан ишлашда давом этамиз, олдинда Кубок ўйини кутяпти"  10 22:06Суперлига. "Сўғдиёна" "Динамо"га қарши ўйинда 102-дақиқада урилган гол эвазига мағлубиятдан қутулиб қолди   104 21:38Суарес фаолиятини Месси билан бирга якунламоқчи  3 20:55Суперлига. Ғузорда дарвозаларга 6 та гол урилган ўйинда ғолиб аниқланмади  73

Baxtiyor Ashurmatov: "Bangladeshdagi musobaqagacha tarkib tayyor holga keladi" Yangiliklar

Baxtiyor Ashurmatov: "Bangladeshdagi musobaqagacha tarkib tayyor holga keladi"

O'zbekiston olimpiya terma jamoasi "Olmaliq"qa qarshi nazorat o'yini o'tkazdi.
1:0 hisobida "Olmaliq"ning g'alabasi bilan yakunlangan o'yindan so'ng Olimpiya terma jamoasi bosh murabbiyi Baxtiyor Ashurmatov fikrlari bilan qiziqdik.

"Ochig'ini aytsam bu o'yinni tashkil etishdan asosiy maqsadim o'yinchilar bilan yaqindan tanishib olish edi. Undan tashqari asosiy tarkibga yaqin ko'plab futbolchilarni ko'rib olishga muvaffaq bo'ldim. Vetnam bilan bo'ladigan o'yinda ham barchani imkoniyatini bilib olib, Bangladeshdagi musobaqaga  tayyorgarlikni davom ettiramiz. Bugun futbolchilar menda yomon taassurot qoldirmadi. Ularga mahorat etishmaganini esa aytib o'tishim kerak. Bu o'z so'zini aytdi va "Olmaliq" mahorat bobida O'zbekistonning eng kuchli klublaridan biridir. Hali o'yinni shakllantirish uchun ozgina vaqtimiz bor va bundan unumli foydalanishimiz kerak. Bangladeshdagi musobaqagacha  tarkib tayyor holga keladi" , - deydi Ashurmatov.

"Har bitta chaqirilgan futbolchilar tarkibga kerak. Men o'ylaymanki asosiy tarkibdan yana bir necha nafari kelib qo'shilgandan so'ng o'yin ham kuchayadi. Asosiy tarkibning ko'plab futbolchilari O'zbekiston milliy terma jamoasida ham maydonga tushib kelmoqda. Undan tashqari ular OCHLdan ham o'zini ko'rsatmoqda".

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика