So’nggi yangiliklar

02:40А Серия. "Милан" Сардинияда ғалабага эришди  0 01:23Роналду 5 ой деганда чемпионатда гол ура олмади  5 00:55"Интер" футболчиси "Ювентус"га ўтишни истамоқда  0 00:40Саудия Арабистони. Иккита қизил, 5та гол - "Ал Насср" мавсумда илк марта мағлуб бўлди  9 00:13"Ливерпуль" футболчисига шартнома таклиф қилади  0 23:47"Борнмут" 37 ёшли дарвозабон билан шартнома имзолади  0 23:24"Бавария" Гвардиоланинг собиқ ёрдамчисини ишга олди  1 22:50БАА. "Бани Яс" ўз майдонида ютқазди, Шукуров пенальтидан гол ура олмади  6 22:37Мбаппе Саудия Арабистонига боради, лекин...  1 22:16"Кристал Пэлас" ўз тарихидаги энг қиммат трансферни амалга оширди  0 21:32"Интер" ва "Ал Ҳилол" музокараларга киришди  0 21:16Рубен Аморим "МЮ" - "Лидс" ўйини ҳақида: "Бу дерби эканлигини эшитдим, бироқ АПЛда барча ўйинлар жуда қийин ўтади"  3 20:55Ханси Флик: "У жамоа учун жуда муҳим футболчи"  1 20:33Пеп Гвардиола Энцо Маресканинг истеъфоси ҳақида: "Менинг омадим келган"  5 19:59"Манчестер Юнайтед" Бундеслигадаги вингерга кўз тикди  0

Baxtiyor Ashurmatov: "Avvallari klublarimiz OCHLda yarim finalga qadar borishardi, hozir guruhdan chiqishning o'zi muammoga aylangan" Yangiliklar

Baxtiyor Ashurmatov: "Avvallari klublarimiz OCHLda yarim finalga qadar borishardi, hozir guruhdan chiqishning o'zi muammoga aylangan"

O'zbekiston kubogi musobaqasining guruh bosqichi 3-turidan o'rin olgan "Qo'qon-1912" - "Mashal" (4:0) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Baxtiyor Ashurmatov o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

O'yin haqida

- Aytib o'tgandim, guruhdagi birinchi o'rin masalasini aniq qilib ulgurmaganimiz tufayli bugungi o'yinda ham faqat g'alaba uchun maydonga chiqdik. "Mashal" yaxshi shakllangan jamoa, bu klubda kuchli murabbiylar shtabi jam bo'lgan. Birinchi bo'limda jamoamiz ko'zni quvnatadigan darajada o'yin namoyish etib berishdi. Yigitlar uchrashuv avvalida aytilgan barcha ko'rsatmalarni to'g'ri bajarishdi. Ikkinchi bo'lim bo'yicha ayrim futbolchilarga etiroz bor. Bu borada ular bilan gaplashib olamiz. Futbolchi maydonda 90 daqiqa bor kuchini berib o'ynashi kerak. Futbolni va stadionga tashrif buyurgan muxlislarni hurmat qilishi lozim. Natija balki ularning o'yinini sustlashtirgan bo'lishi mumkin. AGMK bilan o'yindan avval ayrim futbolchilarga dam olish imkonini berish uchun zaxiralarga qo'l urdik.

- Savol bugungi o'yinga taaluqli emas. Lekin o'zbek klublarining OCHL musobaqalarida muvaffaqiyatsiz ishtiroki yuzasidan qanday fikrlaringiz bor?

- Men murabbiy sifatida o'z fikrlarimni bildirib o'tishim mumkin. "Nasaf" yoki "Paxtakor"ni tanqid qilish fikridan yiroqman. CHunki bu jamoalarda kuchli murabbiylar ish olib borishadi. "Nasaf" o'z o'yinlari bilan yaxshi taasurot qoldirmoqda. Keyingi o'yinlarda vakillarimizga omad tilab qolamiz. "Nasaf" va "Paxtakor" O'zbekiston nomidan OCHL musobaqalarida ishtirok etishmoqda, ular bizning yuzimiz. Bu juda ko'plab gapirilgan mavzular, bolalar va yoshlar futboliga etibor qaratish borasida muntazam aytib kelinadi. Bu yo'nalishlarda hozirda yaxshi ishlar amalga oshirib kelinmoqda. Bu yaqin kelajakda o'z mevasini berishiga ishonaman. Avvallari klublarimiz yarim finalga qadar etib borishardi, hozir guruhdan chiqishning o'zi muammoga aylanib qolmoqda. Bu vaqtinchalik xolat deb o'ylayman. "Paxtakor" yaxshi jamoa, balki ular legioner tanlashda adashgan bo'lishlari mumkin. Larin va Xadjiev bir xil o'yin namoyish etib bera olishmayapti. Jamoaning asosiy muammosi himoya chizig'ida ekani ko'rinib turibdi. Bu juda chuqur mavzu, hozir amalga oshirlayotgan ishlar kelajakda o'z mevasini berishi kerak.

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика