“Bavariya” Xaynkesni yana bir mavsum olib qolmoqchi
05 jan 2018 01:12
Yangiliklar
“Bavariya” Xaynkesni yana bir mavsum olib qolmoqchi
“Bavariya” rahbariyati jamoa bosh murabbiyi Yupp Xaynkes yangi mavsumda ham jamoani boshqarishini istamoqda.
O'tgan yilning oktyabridan myunxenliklar boshqaruvini o'z qo'liga olgan 72 yoshli mutaxassis mavsum so'nggiga qadar jamoani vaqtinchalik boshqarishi lozim. Ammo klub rahbariyati Xaynkesni yana bir mavsum klubda qoldirishga urinib ko'radi.
“Bavariya” rahbarlari boshqa murabbiy variantini ko'rib chiqishmayapti va Xaynkesni 2019 yilgi mavsumda ham jamoada qolishiga ishonishmoqda.
SHundan keyin jamoada murabbiy almashishi mumkin. Xaynkes ketgach uning o'rniga Niko Kovach, Ralf Xazenxyuttl, Yulian Nagelsmann nomzodi ko'rib chiqiladi.
Fikrlar