"Bavariya" "Real" yarim himoyachisini 42 mln. evroga sotib oladi, futbolchi ham rozi
02 apr 2018 11:12
Yangiliklar
"Bavariya" "Real" yarim himoyachisini 42 mln. evroga sotib oladi, futbolchi ham rozi
Ijara asosida "Bavariya"da to'p tepayotgan "Real" yarim himoyachisi Xames Rodriges tez orada nemis klubi futbolchisiga aylanadi.
Myunxenliklar Madrid klubi rahbariyatiga 26 yoshli kolumbiyalikni 42 mln. evroga sotib olish huquqidan foydalanishini aytishdi. Futbolchining o'zi ham bunga rozi.
"Bavariya" o'tgan yozda "Real"dan Kolumbiya terma jamoasi futbolchisini 13 mln. evro evaziga ikki mavsumga ijaraga olgan edi.
Joriy mavsum Xames Bundesliganing 18ta o'yinida 5ta gol urib, 9ta golli pas berdi.
Fikrlar