"Bavariya" o'z futbolchisi uchun 50 mln va bonuslar xohlamoqda, MYU esa hali rasmiy taklif bilan chiqmadi
02 iyu 14:50
Yangiliklar
"Bavariya" o'z futbolchisi uchun 50 mln va bonuslar xohlamoqda, MYU esa hali rasmiy taklif bilan chiqmadi
Myunxenning "Bavariya" klubi Matteys de Ligt uchun qancha pul olmoqchi ekanligi malum.
"Sky Sport" jurnalisti Florian Plettenbergning malumotiga ko'ra, myunxenliklar markaziy himoyachining transferidan kamida 50 million evro va bonuslar ishlab olishni mo'ljallamoqda.
Futbolchini o'z safiga qo'shib olish ustida "Manchester Yunayted" jamoasi ish olib bormoqda. Lekin, inglizlar hali rasmiy taklif bilan chiqishmadi. O'yinchining agenti Rafael Pimenta shartnoma shartlarini kelishib olish uchun mankunianliklar bilan aloqada bo'lib turibdi.
De Ligt ortda qolgan mavsum Bundesligada 22ta o'yin o'tkazdi.
Fikrlar