Bavariya Kuadradoni o'z safiga qo'shib olmoqchi
20 mar 2014 09:21
Yangiliklar


Bavariya Kuadradoni o'z safiga qo'shib olmoqchi
Bavariya Fiorentina yarim himoyachisi Xuan Kuadrado uchun kurashga qo'shildi. Futbolchi uchun shuningdek, Barselona, Arsenal va Yuventus kabi jamoalar kurash olib borishmoqda.
Kolumbiya terma jamoasining 25 yoshli futbolchisi uchun germaniyaliklar Jerdan SHakirini taklif qilishmoqda, deya xabar tarqatgan Tuttosport.
Eslatib o'tamiz, o'tgan yozda Fiorentina Bavariyadan hujumchi Mario Gomesni sotib olgan edi.Italiya chempionatida Kuadrado hisobida 5 ta gol va 4 ta golli uzatma mavjud.

Fikrlar