So’nggi yangiliklar

23:01"Барселона" — "Валенсия". Таркиблар маълум  3 22:50"Милан" — "Болонья". Таркиблар маълум  1 22:42Лига 1. ПСЖ "Ланс"ни қийинчиликсиз таслим этди  1 22:25АПЛ. Ҳусанов тўлиқ ўйнаган Манчестер дербисида "Сити" "Юнайтед"ни йирик ҳисобда енгди  83 22:13ОПЛ. "Нефтчи" ва "Сабаҳ" ўзаро дуранг ўйнади, Раҳмоналиев иккинчи тайм бошида майдонга тушди  0 21:21Рўзиқул Бердиев: "Олдин ҳам "Ал Аҳли" сингари катта салоҳиятга эга жамоаларга қарши ўйнаганмиз"  12 21:10Илёс Зейтуллаев: "Янги стадионда тўп тепиш ўзгача ҳиссиётларни берди"  1 20:46Ҳаким Фузайлов: "Яна эски касалимиз қўзғади"  5 20:02АПЛ. "Ливерпуль" 90+5 дақиқада пенальтидан урилган гол эвазига "Бёрнли"ни мағлуб этди  15 20:00Про Лига. "Арал" "Олимпик"га имконият қолдирмади  0 19:55Абдухолиқовнинг пеналтидан киритган голи "Бунёдкор"га ғалаба тақдим этди  8 19:28А Серия. "Рома" Римда "Торино"га мағлуб бўлди  9 18:58Бельгия. Ўринбоев бир тайм ўйнаган баҳсда "Антверпен" ютқазди  4 18:38Эрон ва Уругвай ўртасидаги ўртоқлик ўйини бекор қилинди  11 17:19"Манчестер Сити" сардори билан шартномани узайтиришни режалаштирмаяпти  1

"Bavariya" ilk mag'lubiyatini qabul qilib oldi Yangiliklar

"Bavariya" ilk mag'lubiyatini qabul qilib oldi

Germaniya bundesligasi doirasidagi "Augsburg" - "Bavariya" uchrashuvining matnli translyaciyasi shu erda o'qib borasiz.

Germaniya chempionati, 29-tur.

"Augsburg" - "Bavariya" 1:0

"SGL-Arena" stadioni.

Hakamlar: Manuel Grefe, Gvido Klefe, Dominik SHaal.

Gol: Myolders (31)

"Augsburg": Xitc, Verxag, Altintop, Xolcxauzer (Filp, 54), Bayer, Essvayn, Brakker, Ostjolek, Xong, Kor, Myolders (Bobadilya, 84).

"Bavariya": Noyer, van Buyten, Martinez, Manjukich, SHakiri (Gyotce, 46), Pizarro (Myuller, 63), Vayzer, SHvaynshtayger, Xoyberg, Sallax (Alaba, 51), Kroos.

Ogohlantirish: Xong (58), Ostjolek (64), van Buyten (82), Vayzer (84), Brakker (85)


                                      MATNLI TRANSLYACIYA

                                                YANGILASH


90+3` Uchrashuv tugadi! "Bavariya" ilk mag'lubiyatini "Augsburg"dan qabul qilib olmoqda!

90+1` Uchrashuvga 3 daqiqa vaqt qo'shib berildi...

90` Hujumlar yomg'iri...

89` "Augsburg" qarshi hujumda. Bobadilya zarba! Darvoza tusini....

88` "Bavariya" hujumda.

87` O'yin tugab bormoqda. "Bavariya" esa raqib darvozasi tomon yo'l topa olmayapti. "Augsburg" hozircha juda yaxshi himoyalanmoqda.

85` Uchrashuv tobora keskin tus olmoqda. "Augsburg" futbolchisi Brakker sariq oldi.

85` Vayzer ham sariq kartochkaga loyiq deb topilmoqda.

84` Bugungi uchrashuv qahramoni Myolders o'rniga Bobadilya maydonga tushirildi.

83` van Buyten hakam tomonidan ogohlantirish oldi.

81` "Bavariya" jarima zarbasini amalga oshirdi. Myunxenliklar ushbu standart vaziyatidan foydalana olishmadi.

80` Mario Gyotcening zarbasiga biroz aniqlik etishmadi.

77` "Bavariya" agarda bugun mag'lubiyatga uchrasa, bu ularning ushbu mavsumda bundesligadagi ilk mag'lubiyati bo'ladi. Uchrashuv tugashiga tobora oz vaqt qolmoqda.

75` "Augsburg" tarkibida o'zgarish: Raynxart maydonga CHon-Xo Xon o'rniga tushdi.

72` Alaba, Myuller va Gyotcelarning maydonga tushirilishi "Bavariya"ning o'yinini kuchaytira oldi.

70` "Bavariya" o'yindagi ustunlikni to'liqligicha o'z qo'liga oldi.

68` "Bavariya"ning hujumi! Alaba kuchli zarba yo'lladi. To'p darvoza ustuniga tegib qaytmoqda.

65` Ostjolekga ogohlantirish ko'rsatildi.

64` "Bavariya" buyog'iga faqat hujum haqida o'ylashga majbur.

63` Klaudio Pizarro o'z o'rnini Tomas Myulerga bo'shatib berdi.

59` Xong hakam tomonidan ogohlantirish loyiq deb topildi.

58` "Bavariya"ning yosh futbolchisi Xoyberg darvozabon bilan yakkama-yakka qochayotgan bir paytda raqib himoyachisi uni ushlab qoldi.

54` Xolsxauzer maydonni tark etdi. Uning o'rnida Ronni Filp maydonga tushdi.

52` Noyer!!!!! Noyer yana bir bor o'zinin ko'rsatmoqda! "Augsburg" ikkinchi golni kiritishi mumkin edi, ammo Noyer bunga yo'l qo'ymadi.

51` Gvardiola yana bir o'zgarish amalga oshirdi. David Alaba qolgan daqiqalarda Sallax o'rnida o'ynaydi.

48` "Bavariya" ikkinchi bo'limda hujumkorlikni oshirmoqda.

47` Ikkinchi bo'limda SHakiri o'rnida Mario Gyotce harakat qiladi.

46` Ikkinchi bo'lim boshlandi!

45` Birinchi bo'lim tugadi! Hozircha "Augsburg" - "Bavariya" 1:0. Tanaffus!

43` "Bavariya" himoyachisi van Buyten hozir ishonchli harakat qildi va jamoasi darvozasi oldidagi xavfli vaziyatni bartaraf etdi.

39` Xoybergning zarbasini Xitc ushlab oldi.

38` Sasha Myoldersda yana imkoniyat paydo bo'ldi. Bu safargi zarbasini Noyer egallab oldi.

33` "Bavariya" tezda hujumga o'tmoqda.

"Augsburg" futbolchilari golni nishonlashmoqda


31` GOOOOOOOOOOL! Sasha Myolders! 1:0! Vayzer xatoga yo'l qo'ydi. "Augsburg" jamoasi hujumchisi Sasha bu vaziyatdan unumli foydalana oldi.

31` "Augsburg" etarlicha vaziyatlar yarata olmoqda "Bavariya" darvozasi oldida.

26` NOYER!!!!!!!!!!! Noyer Xalil Altintopning yaqin masofadan yo'llagan zarbasini qaytarib qoldi va jamoasini muqarrar goldan qutqardi! Qoyil, Noyer!

25` "Bavariya"ning "yulduzli zaxirasi"ni ko'rsatishdi. Myuller, Alaba, Gyotce, Dante, Boatenglar alo kayfiyatda o'yinni kuzatishmoqda.

23` "Bavariya" sekin-asta raqibiga bosim uyushtirishni boshlamoqda.

21` Vayzerdan ajoyib harakatlar! Ushbu yosh futbolchi raqibning uch futbolchisini birin-ketin aldab o'tdi va jamoasi uchun burchak to'pi ishlab oldi.

20` "Bavariya" yoshlari Xoyberg, Sallax, Vayzerlar hozircha ishonchli harakat qilishmoqda.

19` "Augsburg" "Bavariya"ga qarshi yaxshi o'ynamoqda. To'pni to'liqligicha raqibiga berib qo'yayotgani yo'q.

17` "Bavariya"ning hujumi samarasiz yakunlandi. Toni Kroosning uzoqdan yo'llagan zarbasiga aniqlik etishmadi.

14` "Augsburg"futbolchisi hozir yaxshi vaziyatga chiqib borayotgandi. Noyer har doimgidek darvozani tashlab chiqib, xavfli vaziyatni oldini oldi. Qoyil Noyer!

10` "Bavariya"ning ilk hujumi. SHakiri o'zining kuchli zarbasi bilan darvozani ishg'ol etmoqchi bo'ldi. Zarbaga esa biroz aniqlik etishmadi.

9` "Bavariya" hozircha to'pni nazorat qila olmayapti. To'g'rirog'i, "Augsburg" futbolchilari bunga yo'l qo'yishmayapti.

7` Jarimadan tepilgan to'p jonli devorga tegib qaytdi.

6` "Bavariya" darvozasi oldida jarima zarbasi. Xavfli standart vaziyati yuzaga keldi. Noyer jonli devorni qo'ymoqda.

5` Jamoalar ochiq o'yin namoyish etishmoqda!

3` "Augsburg" o'yinni hujum bilan boshlamoqda. Ostrojolekning xavfli zarbasini Noyer bartaraf etib qoldi!

1` Uchrashuv boshlandi! 


Jamoalar maydonga chiqib kelishmoqda!

Uchrashuv boshlanishiga sanoqli daqiqalar qolmoqda!

"Bavariya" futbolchilari o'yin oldidan


Noyer o'yin oldi chigal-yozdi mashqlarni davom ettirmoqda


"Bavariya" tarkibi ko'rinishi


"Augsburg" tarkibi ko'rinishi


"Bavariya" bugun yoshlarni o'ynatadi. Xosep Gvardiola Xoyberg, Sallax, Vayzer kabi yosh futbolchilarni asosiy tarkibga qo'shdi. Buni tushunsa bo'ladi. "Bavariya" klubi chempionlikni rasmiylashtirib bo'lgan va yana to'rt kundan keyin ularni "Manchester Yunayted"ga qarshi muhim o'yin kutib turibdi.

Tarkiblar malum bo'ldi!

"SGL-Arena" stadioni o'yinga tayer holatda

"Augsburg" futbolchilari stadionga etib kelishdi


Assalomu aleykum qadrli futbol ishqibozlari! Bugun Germaniya chempionatining 29-tur doirasidagi "Augsburg" - "Bavariya" o'yinidan mantli onlayn translyaciyani olib boramiz. Ushbu bellashuvni SHahboz Beg'amov sharhlab boradi! Bundesliga qiziquvchilarini ajoyib bahs kutmoqda!


- O'yin soat 18:30da boshlanadi. 


Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика