"Bavariya" - Germaniya chempioni!
26 mar 2014 01:56
Yangiliklar


"Bavariya" - Germaniya chempioni!
Berlinga safar uyushtirgan Myunxenning "Bavariya" jamoasi "Gerta"ni mag'lub etishdi va 24 bor mamlakat chempioni degan nomga sazovor bo'lishdi. Bundesligada yana 7 tur bo'lishiga qaramay, Pep Gvardiola shogirdlari Germaniya chempionligini rasmiylashtirib qo'yishdi. Bu bundesligada rekord hisoblanadi. Haligacha hech bir jamoa bunday tez fursatda chempion bo'lmagan edi.
Germaniya chempionati, 27-tur.
"Gerta" - "Bavariya" 1:3 (0:2)
"Olimpiyashtadion" stadioni.
Gollar: Kroos (6), Gyotce (14), Ramos (66-penaltidan), Riberi (79)
"Gerta" – Kraft, Pekarik, Bruks, Kobiashvili (Nimayer, 64), van den Berg, K. Yanker, Xosogai, SHelbred, Muxtar (Ronni, 71), N. SHulc, Ramos.
"Bavariya" – Noyer, Rafinya, Boateng, Dante, Alaba, SHvaynshtayger (Alkantara, 64), Lam, Robben (Riberi, 54), Kroos, Myuller (Mandjukich, 54), Getce.
Ogohlantirish: SHelbred (69)

Fikrlar