"Bavariya" "Ayaks"ning ikki futbolchisi bilan kelishib oldi
17 apr 2022 21:34
Yangiliklar
"Bavariya" "Ayaks"ning ikki futbolchisi bilan kelishib oldi
Amsterdamning "Ayaks" klubi himoyachisi Nussair Mazraui hamda yarim himoyachi Rayan Gravenberx yozda "Bavariya"ga o'tadi.
Manbaning xabar berishicha, Germaniya klubi har ikki transfer bo'yicha kelishuvga erishgan. Mazraui "Bavariya"ga tekinga kelib qo'shiladi, chunki uning "Ayaks" bilan shartnomasi kelasi yozda tugaydi. Gravenberxning transfer narxi esa oshkor qilinmayapti.

24 yoshli Mazraui joriy mavsumda "Ayaks" safida 32 ta o'yinda maydonga tushib, 5 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
19 yoshli Gravenberx esa 38 uchrashuvda qatnashib, 2 ta gol va 6 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Месси "Америка қироли" мукофотини қўлга кирита олмади. Уни "Фламенго" ярим ҳимоячиси ортда қолдирди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar