"Barselona"ning 2 nafar futbolchisi jarohatidan forig' bo'ldi
21 okt 2023 13:00
Yangiliklar
"Barselona"ning 2 nafar futbolchisi jarohatidan forig' bo'ldi
Ammo Kataloniya klubida jarohatdagi futbolchilar hali ko'p.
"Barselona" futbolchilari Lamin Yamal va Aleks Balde "Atletik"ka qarshi o'ynashi mumkin, deb xabar berdi "Mundo Deportivo". Ushbu o'yin 22 oktyabr kuni La Liganing 10-turi doirasida bo'lib o'tadi.
Lamin Yamal "Granada"ga qarshi 9-tur uchrashuvida jarohat olgandi. Aleks Balde esa Ispaniya terma jamoasi o'yinida shikastlangandi. "Barselona"ning baxtiga ularning tiklanishi uzoq davom etmadi.
Biroq "ko'k-anorranglilar" lazareti hamon jarohatdagilar bilan gavjum. Ular orasida Frenki de Yong, Rafinya, Robert Levandovski va Jyul Kunde bor, Pedri esa endigina tiklanish davriga yaqinlashmoqda.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" Вальверденинг хет-триги эвазига "Манчестер Сити"ни мағлуб этди
ЕЧЛ. "Барселона" меҳмонда "Ньюкасл" билан дуранг ўйнади
Суперлига. "Насаф" сўнгги дақиқаларда урилган гол эвазига "Динамо" билан дуранг ўйнади
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" — "Манчестер Сити" 3:0
Fikrlar