Barselonadan haydalgan Xavi yana bir bor jamoasini sevishini isbotladi
28 may 08:49
Yangiliklar
Barselonadan haydalgan Xavi yana bir bor jamoasini sevishini isbotladi
Barselona bosh murabbiyi Xavi klubdan ketgani uchun oladigan tovon pullaridan voz kechdi.
SHu tariqa, kataloniyaliklar 12 million evro tejab qolish imkoniga ega bo'lishdi. Endi «Barselona» rahbariyati Xavining shtabida bo'lgan sakkiz nafar murabbiyga 3 million tovon puli to'lasa bo'ldi.
Xavi va «Barselona» o'rtasidagi shartnoma bugun bekor qilishini kutilmoqda.
Eslatib o'tamiz, kataloniyaliklar 24 may kuni Xavini jamoadan ketishi haqida rasman elon qilishgandi. Murabbiy jamoani 2021 yildan beri boshqarib kelayotgandi. Uning qo'l ostida jamoa Ispaniya chempionligini qo'lga kiritgandi.
Fikrlar