So’nggi yangiliklar

14:02"Қизилқум" — "Андижон". Таркиблар маълум  1 13:32Про лига. "Арал" — "Локомотив" ва "Олимпик Mobiuz" — "Жайхун" ўйини учун таркиблар маълум  2 13:05"Машъал" 17 йилдан кейин Қаршида "Насаф"дан 3 очко тортиб олди  6 12:43"Динамо" 11 йилдан сўнг Тошкентда "Бунёдкор"ни мағлуб этди  0 12:15"Челси" "Ювентус" ҳужумчисини нишонга олди  2 12:07Ратиньо кейинги мавсум учун режаси ва йил давомида энг ноқулай бўлган футболчи кимлигини айтди  3 11:50"Пахтакор" "Қўқон-1912"ни мағлуб эта олмаган учрашувдан ФОТОГАЛEРEЯ  2 11:28Эшитдик-да! Кападзе Ўзбекистон терма жамоасидан кетди  61 11:05"Насаф" катта устунликка эга бўлиб, "Машъал"га мағлуб бўлган учрашувдан ФОТОГАЛEРEЯ  3 10:41Эрлинг Холанд офсайдлар ҳақида фикр билдирди  6 10:12Антуан Гризманн Лионель Мессининг Ла Лигадаги рекордини янгилади  0 09:43Роналду кечаги ғалабадан сўнг қисқа фикр билдирди  17 09:20Суперлига. "Насаф" – "Машъал" 1:2  5 09:15Sofascore. Ўсмирлар терма жамоамизнинг биринчи тур қаҳрамони энг паст баҳога лойиқ кўрилди  3 08:47"Динамо" Тошкентда "Бунёдкор"ни мағлуб этган баҳсдан ФОТОГАЛEРEЯ  0

"Barselona"dagilar LaLiga rahbari Tebasga istefoga chiqishni maslahat berishdi Yangiliklar

"Barselona"dagilar LaLiga rahbari Tebasga istefoga chiqishni maslahat berishdi

"Barseona" Xavber Tebasni LaLiga prezidenti lavozimini tark etishga chaqirdi.

Bugun liga rahbari prokuraturaga Kataloniya klubi hakamlik qo'mitasi sobiq vice-prezidentiga pul to'lagani haqida yolg'on malumotlar yo'llagani malum bo'ldi.

Keyinroq, Tebas ushbu gaplar yolg'onligini, u taqdim qilgan hujjat haqiqiy ekanligin va hech kimni ayblamayotganini elon qildi.

"Dushanba kuni La Liga prezidenti Xaver Tebas klubimizni ayblash uchun prokuraturaga yolg'on dalillar yuborgan, tilga olingan malumotlarning jiddiyligini hisobga olib, "Barselona" bundan g'azabda ekanligini bildirmoqchi.

SHu sabab LaLiga prezidentidan Tebas janoblari rasmiy bayonot berishini xohlaymiz.

"Barselona" prezidenti Joan Laporta so'nggi haftalarda aytganidek, klub hech qachon sodir bo'lmagan voqealarda o'zini qurbondek his qilmoqda: "Barsa" hech qachon hakamlarga pora bermagan.

Bir to'da ommaviy axborot vositalari va fikr bildiruvchilar bu taqibga ozmi-ko'pmi yomon niyatlar bilan jalb qilingan va La Liga bizning klubga qarshi parda ortidan bizga qarshi ish qilgan va uning prezidenti klub sud qilinishidanavval bizni jamoatchilik ko'zi oldida qoraladi.

Bu La Liga prezidenti o'zining barcha ommaviy axborot vositalarini "Barselona"ga putur etkazish uchun birinchi marta ishlatayotgani yo'q, lekin uning odatdagi bemaniligidan tashqari, u bizning klubimizni yolg'on dalillar bilan ayblamoqchi bo'lishini hech qachon tasavvur ham qilmagan bo'lardik.

La Liga prezidenti o'rni obro'sini hisobga olib, Tebas o'z joyini tark etishi kerak.

Biroq, uning “Barselona”ni tahqirlash bilan shug'ullanayotgani va klubimizni doimo yoqtirmasligini inobatga olgan holda, La Liganing amaldagi prezidenti o'z xatti-harakatida davom etishini va klubimizga zarar etkazishda davom etishini tushunamiz”, — deyiladi “Barselona” bayonotida.

Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика