So’nggi yangiliklar

23:04Ислом Исмоилов: "Икром Алибоев балки ўнг қанотда ўйнар"  1 22:49Про лигада иштирок этадиган Қорақалпоғистоннинг икки жамоаси ўртоқлик ўйини ўтказди  0 22:20Ла Лига. "Атлетико" ўз майдонида "Хетафе"ни мағлуб этди, меҳмонлар ўйинчиси 55-дақиқада майдондан четлатилди  1 21:58"ФарДУ" назорат ўйинида жавобсиз еттита тўп киритди  0 21:32Бундеслига. "Бавария" тўққиз киши бўлиб "Байер" билан дуранг ўйнади, "Боруссия Дортмунд" эса ишончли ғалабага эришди  13 21:20"Арсенал" ва "Челси" иштирокидаги ўйинлар учун таркиблар маълум  2 21:04"Галатасарой" — "Истанбул Башакшехир". Таркиблар маълум  17 20:40Райан Шерки: "Дунёнинг энг яхши футболчиси бўлишни истайман. Агар "Олтин тўп"ни қўлга киритсам..."  2 20:05Ислом Исмоилов: "Финалда тактикадан кўра футболчиларнинг характери юқори планга чиқади" (тўлиқ матбуот анжумани)  19 19:45ОПЛ. "Сабаҳ" бу сафар рақибига жавобсиз 5 та гол урди  0 19:10Камолиддин Тожиев: "Эртанги ўйинга 100 фоиз шаймиз. Пенальтилар сериясига тайёрланмадик" (тўлиқ матбуот анжумани)  35 18:50ЎзФҲМ йиғилиши: икки ўйинда қизил карточка кўрсатилиши керак эди  12 18:27"Аркадағ" кетма-кет иккинчи йил Туркманистон кубоги соҳибига айланди  15 18:15Дунёдаги энг йирик кўча футболи чемпионати яна Ўзбекистонда  1 18:00"Металлург" назорат баҳсида "Гулистон"ни мағлуб этди  2

"Barselona"dagi mojaro - oldin birga o'ynashgan, endi dushman bo'lishdimi? Xavi nega Albaga nisbatan bunday qilmoqda Yangiliklar

"Barselona"dagi mojaro - oldin birga o'ynashgan, endi dushman bo'lishdimi? Xavi nega Albaga nisbatan bunday qilmoqda

"Qariya" bilan chiroyli yo'l tutishmayapti.

Xavi "Barselona" kiyim almashtirish xonasini nazorati ostiga ola bildi. Hozirda o'yinchilar bosh murabbiy atrofida birlashib, oldin bir-birlari bilan qanday kurashganliklari haqida gapirishmoqda. Jamoada hozirda Ronald Kuman davridagidan ancha sog'lom muhit mavjud ekanligi aniq.


Ammo, qayta qurish davrida Xavi odatiy harakatlar qilmasligiga ham to'g'ri keladi. Masalan, tarbiyalanuvchilar bo'lmish Minges va Puch bilan xayrlashish, Pike va Albaga endi zaxira o'yinchisi ekanliklarini malum qilish. "Barselona" uchun epik transfer oynasi yakunlanishi arafasida va jamoaning yarmi qayta tuzilgan paytda, Xavi yoqimsiz voqeaga duch keldi. Klub "Inter" bilan Jorji Albaning yillik ijarasi bo'yicha kelishuvga erishgani malum qilindi.



CHap qanot himoyachi o'tgan mavsum jamoa etakchilaridan biri edi, ammo Xavi ushbu mavsum boshida uni zaxiraga o'tkazdi. Ispan matbuoti murabbiy 33 yoshli "qariya"ning ilk turdagi "Rayo Valekano"ga qarshi o'yindagi harakatlaridan norozi bo'lgani haqida yozdi. SHundan so'ng asosiy tarkibda 18 yoshli tarbiyalanuvchisi Alexandro Balde ko'rinish berdi. Bundan tashqari, kataloniyaliklar ushbu poziciyada "CHelsi"dan Markos Alonsoning transferini yakunlashdi.


Umuman olganda, Albaning ko'plarni uchun chap qanot himoyada uchinchi tanlov bo'lib qolgani hayratda qoldirdi. Bir qator insayderlar "Barsa"ning "Inter" bilan kelishuvga erishgani, Albani ijaraga berishi va maoshining 60 foizini to'lashi haqida xabar berilgan edi. Marca'ning yozishicha, Jordi bunga qadar allaqachon maoshining tushishiga rozi bo'lgan, ammo klubda maoshlar bilan bog'liq muammolar saqlab qolingan va yangilar bilan shartnoma imzolash uchun maoshlar fondini pasaytirish kerak edi. SHu sabab, Jordini Italiyaga yuborishmoqchi edi.



Ammo, Alba keskin tarzda ketishni va ushbu masalani hal etish uchun Xavi bilan uchrashishni rad etdi. Futbolchining fikricha, klub uning orqasidan muzokara o'tkazib, unga xiyonat qilgan. CCMA bu hikoyani yoritib berdi va bu chiroyli chiqmagan. Aytilishicha, transfer oynasi tugashiga ikki kun qolgan Alonso transferi bo'yicha vositachi Albaning agenti bilan bog'lanib, uning mijoziga "Inter" qiziqish bildirayotganini aytgan. Agent masalani oydinlashtirish uchun italyan klubi bilan bog'landi. "Barselona"ning o'zi "neradzurri"ga Albani ijaraga olishni o'zi taklif etgani malum bo'lgan.


Jordi barcha muzokaralarni to'xtatdi va "Barselona"da qoldi. Ammo, endi u qiyin vaziyatda — Markos Alonso xarid qilindi, yosh Balde ajoyib formada. Alba ketma-ket uchinchi o'yinni zaxira o'rindig'ida boshlaydi. Futbolchining "Inter"ga ijaraga o'tish borasidagi muzokaralarda yaqqol ishtirok etgan Xavi bilan munosabatlari qanday  bo'lishini aytish qiyin.



"Alba — jamoadagi yana bir muhim o'yinchi, u bizga yordam beradi, — deb aytdi Xavi Albaning "Barselona"dagi o'rni haqida. — U o'z tajribasi sabab muhim o'yinchi bo'lishi kerak. U albatta bizning yaqin o'yinlarimizda harakat qiladi. Menda bunday darajadagi futbolchi borligidan mamnunman. Biz yosh, nom va titullarga qaramaymiz. Faqat foyda keltirish va natija".


Xavi yaqinda Alba, Pike, Buskets va ter SHtegen bilan bir jamoada edi. Endi Xavi ular bilan boshliq rolida munosabatlarni o'rnatmoqda. Ammo, barcha faxriylar klubga sodiqliklarini namoyish etishmoqda va qatiyan ochiq qarama-qarshilikka borishmaydi. Albatta, Alba hali uzun mavsumda katta ehtimol bilan o'z o'yin vaqtlarini oladi.


Alisher Ostonov tarjimasi

Reyting: -3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика