"Barselona" yarim himoyachisi Puch "Fiorentina" bilan muzokaralar olib bormoqda
04 iyu 2022 16:04
Yangiliklar
"Barselona" yarim himoyachisi Puch "Fiorentina" bilan muzokaralar olib bormoqda
"Barselona" xavbeki Rikard Puchning kelajagi yaqin kunlarda hal bo'lishi mumkin.
22 yoshli yarim himoyachi va "Fiorentina" o'rtasidagi muzokaralar yuqori bosqichda, ammo klublar hali o'yinchi italyan jamoasiga qanday maqomda o'tishini hal qilishi kerak.
Puchning "Barselona" bilan shartnoma borasidagi vaziyati hammasini murakkablashtirmoqda. Uning "Barsa" bilan shartnomasi kelasi yozda yakuniga etadi, bu esa Kataloniya klubi bir yildan so'ng tekinga yo'qotmaslik uchun ijarani emas, o'yinchini sotishni afzal ko'rishini anglatadi.
"Barselona" bosh murabbiyi Xavining rejalariga kirmayotgan Puchga shuningdek "Lacio", "Valensiya" va "Benfika" qiziqmoqda.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" Вальверденинг хет-триги эвазига "Манчестер Сити"ни мағлуб этди
Суперлига. "Насаф" сўнгги дақиқаларда урилган гол эвазига "Динамо" билан дуранг ўйнади
Opta. EЧЛ учун асосий даъвогарлар рейтингини қайтадан тузиб чиқди
Камолиддин Тожиев: "Эртанги ўйинга 100 фоиз шаймиз. Пенальтилар сериясига тайёрланмадик" (тўлиқ матбуот анжумани)
Fikrlar