"Barselona" xodimi Neymarning PSJga o'tishidan millionlar ishlab olgan ekan
15 sen 2018 11:00
Yangiliklar
"Barselona" xodimi Neymarning PSJga o'tishidan millionlar ishlab olgan ekan
"Barselona" xodimi, Janubiy Amerikadagi transfer bozorini tahlil qiladigan agent Andre Kyuri o'tgan yoz Neymarning PSJga o'tishidan juda katta mukofot puli olgan ekan.
Kyuri 2015 yilda braziliyalikni "Santos"dan "Barselona"ga o'tishida ishtirok etgan. O'sha paytda Kataloniya klubi prezidenti bo'lgan Sandro Rosel shartnomaga Neymarning navbatdagi transferidan 3% mablag'ni Andre Kyuriga berish bandini kiritgan edi.
Kyuri hujumchining ishongan insonlaridan biri bo'lgan, shu sababli "Barselona" futbolchining ketishiga yo'l qo'ymaslikni so'ragan. SHunga qaramay Neymar 2017 yilning yozida 222 mln evro evaziga PSJga o'tadi. Kataloniyaliklar Kyuriga shartnomadagi pullarni to'lamoqchi emas edi, biroq baribir bu ishni bajarishdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон Суперкубоги. "Нефтчи" — 2026 йилги Ўзбекистон Суперкубоги соҳиби.
"Пахтакор" Суперкубокдаги ҳакамлик устидан шикоят киритди
Ла Лига. "Барселона" ўз майдонида "Севилья"ни тор-мор этди
ЕЧЛ. "Манчестер Сити" – "Реал Мадрид". Ҳусанов жавоб ўйинини бошланғич таркибда бошлайди!
Fikrlar