"Barselona" "Vilyarreal" xavbekini sotib olishga tayyor
14 iyu 2023 00:10
Yangiliklar
"Barselona" "Vilyarreal" xavbekini sotib olishga tayyor
"Vilyarreal" futbolchisi Aleks Baena "Barselona"ga o'tishi mumkin.
"ESPN" xabariga ko'ra, Kataloniya klubi skautlari 21 yoshli futbolchini bir mavsum davomida kuzatib borgan va uning o'yini klubdagilarga maqul kelgan. Yanvar oyida Baena "Vilyarreal" bilan shartnomani 2028 yilgacha uzaytirgandi va shu orqali uning tovon puli ham oshgan.
SHuningdek, "Barselona" ayni damda Ilkay Gyundoganni tarkibga olib kelish ishlarini davom ettirmoqda. Agarda klubning moliyaviy holati talabga javob bersa, "Barselona" yozda ikkala yarim himoyachi bilan shartnoma imzolashga tayyor turibdi.
Baena yakunlangan mavsumda LaLiganing 35 o'yinida ishtirok etib, 6ta gol urdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" Вальверденинг хет-триги эвазига "Манчестер Сити"ни мағлуб этди
ЕЧЛ. "Барселона" меҳмонда "Ньюкасл" билан дуранг ўйнади
Суперлига. "Насаф" сўнгги дақиқаларда урилган гол эвазига "Динамо" билан дуранг ўйнади
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" — "Манчестер Сити" 3:0
Fikrlar