"Barselona" uzaytirish sharti bilan Aspilikuetaga 2 yillik shartnoma taklif qildi
18 fev 2022 16:25
Yangiliklar
"Barselona" uzaytirish sharti bilan Aspilikuetaga 2 yillik shartnoma taklif qildi
"Barselona" "CHelsi" himoyachisi Sezar Aspilikuetaning transferi borasida muzokaralar olib bormoqda.
Jurnalist Fabricio Romanoning xabariga ko'ra, kataloniyaliklar 32 yoshli ispanga bir yilga uzaytirish imkoniyati bilan ikki yillik shartnoma taklif qildi.
Muzokaralar o'tgan yilning dekabr oyidan beri davom etadi, ammo "Barselona" futbolchining yakuniy qarorga kelishini kutmoqda.
Aspilikueta "CHelsi"dan erkin agent maqomida ketishi mumkin, uning London klubi bilan shartnomasi 2022 yilning iyun oyi so'nggiga qadar mo'ljallangan.
Himoyachi joriy mavsum "ko'klar" tarkibida 30ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol va 3ta assist qayd etdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" Вальверденинг хет-триги эвазига "Манчестер Сити"ни мағлуб этди
Суперлига. "Насаф" сўнгги дақиқаларда урилган гол эвазига "Динамо" билан дуранг ўйнади
Opta. EЧЛ учун асосий даъвогарлар рейтингини қайтадан тузиб чиқди
Камолиддин Тожиев: "Эртанги ўйинга 100 фоиз шаймиз. Пенальтилар сериясига тайёрланмадик" (тўлиқ матбуот анжумани)
Fikrlar