"Barselona" uch futbolchisini sotib yuborishga tayyor
09 apr 2023 15:35
Yangiliklar
"Barselona" uch futbolchisini sotib yuborishga tayyor
"Diario Sport" xabariga ko'ra, klub rahbariyati yozda jamoani kuchaytirish uchun bir qancha yirik transferlar amalga oshirish kerakligini tushunmoqda. Klubda loyihasiga zarar etkazmaslik uchun kam o'yin amaliyotiga ega bo'layotgan bir necha futbolchilarni sotib yuborish ishlari boshlangan. SHu sababli klub Ansu Fati, Rafinya va Ferran Torres borasidagi takliflarni o'ylab ko'rishga tayyor turibdi.
Ko'plab klublar, shu jumladan, "Manchester Yunayted" tomonidan bo'layotgan qiziqishlar sababli "Barsa" Fati va uning atrofidagilar bilan maslahatlashgan. Ammo futbolchining o'zi jamoada qolish niyatida. Ferran Torresga esa "Inter" va "Atletiko" tomonidan qiziqishlar bor. Ikki klub ham futbolchi almashish taklifini o'ylab ko'rmoqda.
Erkin agent sifatida kelgan Rafinya esa o'zidan yaxshi taassurot qoldirayotgan bo'lsa-da, unga APL klublaridan cho'ntakbop takliflar bo'lmoqda. Ushbu klub "CHelsi" bo'lishi mumkin. CHunki o'tgan yozda Rafinyaning London klubiga o'tishiga bir qadam qolgandi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" Вальверденинг хет-триги эвазига "Манчестер Сити"ни мағлуб этди
ЕЧЛ. "Барселона" меҳмонда "Ньюкасл" билан дуранг ўйнади
Суперлига. "Насаф" сўнгги дақиқаларда урилган гол эвазига "Динамо" билан дуранг ўйнади
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" — "Манчестер Сити" 3:0
Fikrlar