"Barselona" transfer oynasi yopilgunicha Pogbani xarid qilishga urinib ko'radi
10 avg 2018 15:21
Yangiliklar
"Barselona" transfer oynasi yopilgunicha Pogbani xarid qilishga urinib ko'radi
Angliyada transfer oynasi yopildi, ammo "Barselona" "Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Pol Pogbani sotib olishga umid qilmoqda.
Kataloniyaliklar Pogbani 31 avgustgacha, Ispaniyada transfer oynasi yopilgunga qadar xarid qilmoqchi.
Malumotlarga ko'ra, "Barselona" franciyalikni o'z safiga qo'shib olish fikridan voz kechgani yo'q. Futbolchining o'zi "Manchester Yunayted"ni tark etmoqchi. Transfer bilan Pogbaning agenti Mino Rayola shug'ullanmoqda.
Pogba jamoadan ketish haqida klub rahbariyatiga aytgani yo'q. Oldinroq, "Manchester Yunayted" Pogbaga Yerri Mina va Andre Gomeshni almashtirishni istamagan edi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
АПЛ. "Ман Сити" ўз майдонида "Вест Хэм"ни мағлуб этди, Ҳусанов 67-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Манба: Абдуқодир Ҳусановни АПЛнинг бошқа топ-клуби 47 миллион фунтга сотиб олишга тайёр
Fikrlar