"Barselona" "Selta" himoyachisining agenti bilan muzokara o'tkazmoqda
30 apr 2022 22:36
Yangiliklar
"Barselona" "Selta" himoyachisining agenti bilan muzokara o'tkazmoqda
Kataloniya klubi "Selta" himoyachisi Xaver Galanga qiziqish bildirmoqda.
Bu haqda "Mundo Deportivo" xabar bermoqda.
Manba bergan xabarga ko'ra, Kataloniya klubi 27 yoshli futbolchining agenti bilan dastlabki muzokaralarni o'tkazgan.
Oldinroq klub yozgi transfer oynasida yangi chap qanot himoyachisini xarid qilishga tayyorligi haqida xabar berilgandi.
"Barselona" 27 yoshli Galanga etibor qaratmoqda va u 33 yoshli Albaga ajoyib o'rinbosar bo'lishi mumkinligiga ishonmoqda. Klublar o'rtasidagi yaxshi munosabatlar futbolchining o'tishini osonlashtirishi mumkin.
Galan joriy mavsumda barcha musobaqalarda 34 ta o'yinda 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. "Selta" "Ueska" futbolchisi uchun 2021 yilning yozida 4 million evro to'lagan edi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" Вальверденинг хет-триги эвазига "Манчестер Сити"ни мағлуб этди
Суперлига. "Насаф" сўнгги дақиқаларда урилган гол эвазига "Динамо" билан дуранг ўйнади
Opta. EЧЛ учун асосий даъвогарлар рейтингини қайтадан тузиб чиқди
Камолиддин Тожиев: "Эртанги ўйинга 100 фоиз шаймиз. Пенальтилар сериясига тайёрланмадик" (тўлиқ матбуот анжумани)
Fikrlar