"Barselona" "Real" sotib olmoqchi bo'layotgan hujumchini kuzatdi
19 okt 2017 20:59
Yangiliklar
"Barselona" "Real" sotib olmoqchi bo'layotgan hujumchini kuzatdi
"Barselona" klubi "Tottenxem" futbolchilari Xarri Keyn va Kristian Eriksenlarga qiziqish bildirmoqda.
Kataloniya klubi sport direktori Roberto Fernandes seshanba kuni CHempionlar ligasi doirasida "Real"ga qarshi "Santyago Bernabeu"da kechgan bahs (1:1)da har ikki o'yinchini kuzatdi.
Oldinroq, londonliklar prezidenti Deniel Levi 24 yoshli Keynni 200 million funtga baholagan edi. Xarrini "Real" ham sotib olmoqchi bo'lib yuribdi.
Eriksenga esa "Barselona" "Ayaks"da o'ynab yurganida ham qiziqish bildirgan, bir necha hafta oldin esa o'sha qiziqish yana qayta uyg'ondi. 25 yoshli yarim himoyachining ehtimoliy transferiga "ko'k-anorranglilar" rahbariyati Filippe Koutinoning alternativi sifatida qaramoqda.
Bu futbolchilarni jalb qilish borasidagi oxirgi so'z "Barselona" bosh murabbiyi Ernesto Valverdeda qoladi.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
"Бухоро" Табатадзенинг голи эвазига "Арал"ни ютиб, Суперлигада қолди!
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar