"Barselona" qishda hech kim bilan shartnoma imzolamaydi
20 okt 10:00
Yangiliklar
"Barselona" qishda hech kim bilan shartnoma imzolamaydi
"Barselona" sport direktori Deko klub qishki transfer bozorida faol ishtirok etish niyatida emasligini aytdi.
"Yozgi oynada biz xohlagan va qo'limizdan kelganini qildik. Ko'p o'yinchilarimizga yana maydonga tushish uchun vaqt kerak. Ular jarohatdan so'ng asta-sekin qaytishmoqda. Qishda futbolchilar bilan shartnoma imzolash bizning rejalarimizda yo'q", - deb fikr bildirdi portugaliyalik mutaxassis.
"Barselona" ayni damda Ispaniya chempionatida 9 o'yindan keyin 22 ochko bilan ikkinchi o'rinda bormoqda. Musobaqa etakchisi "Real"ning hisobida esa 24 ta ochko bor. Jamoalar keyingi turda o'zaro bahs olib borishadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar