Barselona o'z rekordini takrorladi. La Liga rekordigacha 2ta o'yin bor
30 apr 2023 08:35
Yangiliklar
Barselona o'z rekordini takrorladi. La Liga rekordigacha 2ta o'yin bor
Barselona La Ligada quruq o'yinlar bo'yicha o'tgan asrda o'rnatilgan rekordini takrorladi.
Xavi jamoasi bu mavsum hozircha 24ta bahsda gol o'tkazmadi.
Kataloniya klubining rekordi 1986/87 yilgi mavsumda o'rnatilgan. O'shanda darvozani Andoni Subisarreta qo'riqlardi.
La Liganing mutlaq rekordi esa «Deportivo»ga tegishli. 1993/94 yilgi mavsumda La Korunya klubi 38ta bahsdan 26tasida gol qo'yib yubormagan.
«Osasuna», «Espanol», «Real Sosedad», «Valyadolid», «Malorka» va «Selta» – «Barselona»ning bo'lajak raqiblari.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Суперлига. Чемпионлик учун курашаётган "Насаф" ўз майдонида "Машъал"га мағлуб бўлди
Суперлига. "Бухоро" ўз уйида бир киши кам "Нефтчи"дан очко тортиб олди
ЖЧ U-17. Ўзбекистон Ирландияга имкониятни бой берди
Эшитдик-да! Кападзе Ўзбекистон терма жамоасидан кетди
Fikrlar