"Barselona" Onanani xarid qilmoqchi
01 iyu 2024 15:29
Yangiliklar
"Barselona" Onanani xarid qilmoqchi
Kataloniyaliklar oldinroq 22 yoshli futbolchiga qiziqa boshlagan edi, "Barselona" sport direktori Dekuning fikricha, Onana jamoani kuchaytira oladi. Klub futbolchi atrofidagi vaziyatni o'rganish uchun Amadu bilan bog'langandi, ammo "Everton" u uchun 60 mln. evro so'radi. SHu sababli "Barselona" kelishuv haqida o'ylamay qo'ygan edi.
Endi vaziyat o'zgargan, chunki "Everton" moliyaviy feyr-pleyga amal qilish uchun 30 iyungacha bazi futbolchilarni sotishga majbur.
"Everton" eng yaxshi futbolchilarini arzonga sotmoqchi emasdi, ammo klub vaqt va takliflar kamligi uchun bosim ostida qolyapti. "Barselona" vaziyatni diqqat bilan kuzatmoqda. Xansi Flik Onana transferiga rozi, futbolchi ham faoliyatini "Kamp Nou"da davom ettirmoqchi. Biroq "Barselona"da moliyaviy muammolar bor: Klub 30 iyungacha transfer oynasida faollik qilmoqchi emas. Amaduning narxi vaziyatni o'zgartirishi mumkin.
Onanaga "Bavariya" ham qiziqish bildirgan. Malumotlarga ko'ra, Deku agentlarga "Barsa" 40 mln. evro sarflashga tayyorligini aytgan.
Joriy mavsum Onana 37ta bahsda maydonga tushib, 3ta gol urdi va 1ta golli pas berdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" Вальверденинг хет-триги эвазига "Манчестер Сити"ни мағлуб этди
ЕЧЛ. "Барселона" меҳмонда "Ньюкасл" билан дуранг ўйнади
Суперлига. "Насаф" сўнгги дақиқаларда урилган гол эвазига "Динамо" билан дуранг ўйнади
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" — "Манчестер Сити" 3:0
Fikrlar