"Barselona" Niko Uilyams transferi o'xshamasa, kimni sotib olishi malum
04 iyu 2024 00:55
Yangiliklar
"Barselona" Niko Uilyams transferi o'xshamasa, kimni sotib olishi malum
Kataloniya klubi tarkibga yana bir Arauxo ismli futbolchini jalb qilmoqchi.
"Barselona" klubining agarda Niko Uilyamsni sotib olish imkoni bo'lmasa, kimni jamoaga jalb qilishi malum.
El Chiringuito TV jurnalisti Markos Benitoning malum qilishicha, "Barsa" Urugvay termasi vingeri Maksimiliano Arauxoga qiziqib qolgan. 24 yoshli futbolchi Meksikaning "Toluka" klubi o'yinchisi hisoblanadi. Arauxoning shartnomasida 20 mln evro tovon puli ko'zda tutilgan.
Qo'shimcha qilinishicha, "Barsa" sport direktori Deku Kopa Amerikada aynan Maksimiliano Arauxoni sinchkovlik bilan kuzatib bormoqda.
Malumot uchun, Arauxo 2023-2024 yilgi mavsum Meksika chempionatida 34 ta o'yinda maydonga tushib, 3 ta gol urgan.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Италияга ютқазиб, иштирокини нимчорак финалда якунлади
Al Ain Cup. Ўзбекистон пенальтилар сериясида Эронни мағлуб этиб, турнир ғолибига айланди
ЖЧ саралаши. Португалия Роналдусиз рақиб дарвозасига 9 та тўп киритиб, мундиалга чиқди
"Шармандалик, бу шармандалик!"
Fikrlar