"Barselona" "Manchester Siti" bilan futbolchilarini almashtirmoqchi
08 may 2022 14:49
Yangiliklar
"Barselona" "Manchester Siti" bilan futbolchilarini almashtirmoqchi
"Barselona" va "Manchester Siti" o'zaro futbolchi almashishlari mumkin.
"ESPN" xabariga ko'ra, Manchesterga Frenki de Yong jo'natilishi, "shaharliklar" futbolchisi Bernardu Silva esa "Barselona"ga o'tishi mumkin.
Xavi yozda yarim himoyasidagi raqobatni oshirish niyatida. "Manchester Siti" esa yozda jamoadan ketadigan Fernandinoning o'rniga futbolchi olib kelishni istamoqda.
Oldinroq de Yongga "Manchester Yunayted" tomonidan qiziqishlar bo'layotgani aytilgandi. Mankunianliklar ham yozda jamoadan ketishi kutilayotgan Pol Pogbaning o'rnini to'ldirish niyatida.
Ushbu mavsumda 24 yoshli de Yong "ko'k-anorranglilar" tarkibida 45 o'yinda qatnashib, 4 gol va 5 assist qayd etdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" Вальверденинг хет-триги эвазига "Манчестер Сити"ни мағлуб этди
Суперлига. "Насаф" сўнгги дақиқаларда урилган гол эвазига "Динамо" билан дуранг ўйнади
Opta. EЧЛ учун асосий даъвогарлар рейтингини қайтадан тузиб чиқди
Камолиддин Тожиев: "Эртанги ўйинга 100 фоиз шаймиз. Пенальтилар сериясига тайёрланмадик" (тўлиқ матбуот анжумани)
Fikrlar