So’nggi yangiliklar

12:40"Насаф"нинг халқаро майдондаги мағлубиятли серияси давом этмоқда  4 12:20Элит ОЧЛ. "Ал Аҳли"нинг мағлубиятсиз серияси 19 та ўйинга етди  0 11:56"Насаф"нинг асосий ҳимоячиси "Ал Ҳилол"га қарши ўйнай олмайди  3 11:38Гол ўтказмаган посбон, "Нефтчи"ни ютган мураббий ва 30 ёшли легионер — Суперлигада 21-турнинг энг яхшилари​  3 11:20Дориев, Норчаев, Яшин, Йўлдошев ва бошқалар... Суперлига 21-тур рамзий терма жамоаси  1 11:04Футзал. Бугун терма жамоамиз Осиёнинг номдор жамоасига қарши баҳс олиб боради  0 10:38Жаҳон чемпиони 31 ёшида фаолиятини якунлади  4 10:12Goal АПЛнинг барча даврлардаги энг яхши ҳужумчисини эълон қилди  9 09:45Sofascore. Алиқулов энг яхшиларидан бири бўлди  1 09:18Сентябр-октябрь ойидаги ФИФА кунларига ўзгартириш киритилди. Қарор келаси йилдан кучга киради   2 08:51Ҳусанов рамзий термадан жой олди  7 08:23Пролига. Бугун турнинг марказий учрашуви бўлиб ўтади  0 07:55"Ал Аҳли" бош мураббийи: Биринчи бўлимда яхши ўйнашимизга тўсқинлик қилган сабаблар кўп"   12 07:28Sofascore. Аламли тарзда мағлуб бўлган "Насаф" футболчилари неча баҳога лойиқ кўрилди?  19 07:25Элит ОЧЛ. "Ал Аҳли" – "Насаф" 4:2  5

"BARSELONA" - "MANCHESTER SITI" 2:1 Yangiliklar

"BARSELONA" - "MANCHESTER SITI" 2:1

ECHL 1/8 final javob uchrashuvi doirasidagi "Barselona" - "Manchester Siti" o'yining matnli translyaciyasini shu erda kuzatib borish mumkin.
                             MATNLI TRANSLYACIYA
                                         YANGILASH

- "Barselona" muxlislarini o'z sevimli jamoalarini keyingi bosqichga yo'l olgani bilan tabriklaymiz! Xizmatingizda SHahboz Beg'amov bo'ldi. Yana futbol o'yinlarida "championat.asia" sayti orqali g'oyibona ko'rishguncha, sog' bo'ling!

90+2` O'yin yakunlandi!

90+1` GOOOOOOOOOOOL! Dani Alvesh! 2:1! O'ng qanotdan uyushtirilgan hujum gol bilan yakunlandi!


90` Uchrashuvga 2 daqiqa qo'shib berildi!

89` GOOOOOOOOOOOL! Kompani! 1:1! Burchak to'pidan so'ng, Kompani "Barsa" darvozasini ishg'ol etdi.

87` Fabregas maydonni tark etmoqda. Serxi Roberto uning o'rnida o'ynaydi.

86` Fabregas hisobdagi farqni ikkitaga etkazishi mumkin edi. Ammo uning zarbasini Xart qaytarib yubordi.

85` "Barsa" qarshi hujumga o'tdi. Lekin Sanchez oddiy vaziyatda to'pni yo'qotdi.

83` "Siti" burchak to'pi tepdi. Lekin bundan naf chiqmadi.
 
80` Neymar o'rniga Sanchez maydonga tushirildi.

78` "Siti" futbolchilari hakamdan norozi. Mehmonlar Jekoga nisbatan o'yin qoidasi buzildi deb hisoblashmoqda. Lekin hakam ularni fikriga qo'shilmadi. Sabaletaga esa ikkinchi sariq kartochkani ko'rsatdi va maydondan chetlatdi!

77` Yaya Ture bugun o'zidan kutilgan o'yinni namoyish eta olmayapti. Ko'p vaziyatlarda uning uzatayotgan paslari noaniq ko'rinish olmoqda.

75` Samir Nasri maydonni tark etdi. Xesus Navas qolgan daqiqalarda Nasrining o'rnida harakat qiladi.

74` Vensan Kompani hakam tomonidan sariq kartochkaga loyiq deb topildi.

73` O'zgarish: Silva maydonni tark etdi. Negredo uning o'rnida maydonda harakat qiladi.

72` Xavi va Xart! Angliyalik posbon jamoasini ikkinchi goldan qutqarib qoldi.

70` Demak bugun qo'shimcha taym qo'rmaymiz.

69` Ana endi "Siti"ga qiyin bo'ladi. Qolgan vaqt ichida bu jamoa uchta to'p kirita olishiga ishonish qiyin.

Messi golini nishonlamoqda


67` GOOOOOOOOOOOOL! Messi! 1:0! "Siti" himoyachisi Leskott xatoga yo'l qo'ydi va to'pni Messiga sovg'a qildi. Messi esa bu vaziyatdan unumli foydalandi.

65` Xavi jarima zarbasini amalga oshirdi. Biroq bu ham samarasiz yakunlandi.

64` "Barsa" standart vaziyatga ega bo'ldi.

62` "Siti"ning navbatdagi hujumi va yana samarasiz.

61` Messi to'pni jarima maydonchasi yaqinigacha olib keldi va darvoza tomon zarba berdi. Lekin yana noaniq.

60` "Kamp Nou"ga kelgan mahalliy ishqibozlarga bu yoqmayapti.

58` "Siti" futbolchilari ikkinchi bo'limda ancha jonlanishdi.

57` O'yin ancha jonlandi. Jamoalar navbatma-navbat hujumlar tashkil etishmoqda. Lekin hozircha futbolchilarga aniqlik etishmayapti.

55` Pablo Sabaleta!!!! Pablo ajoyib imkoniyatni ko'kka sovurmoqda!

52` "Siti"ning javobi. Bu safar omad mezbonlarga kulib boqdi.

51` Messining xavfli zarbasi darvoza ustuniga tegib qaytdi!

48` Viktor Valdes yana o'zini ko'rsatmoqda! Milnerning kuchli zarbasini kataloniyalik posbon ushlab oldi.

47` Serxio Aguero o'rniga Eden Jeko maydonga tushdi.

46` Ikkinchi bo'lim boshlandi!

Birinchi bo'limdan fotolavha (Fabregas, Ture va Pike)


45+1` Tanaffus!

45+1` Birinchi bo'limga 1 daqiqa vaqt qo'shib berildi!

44` Neymar hozir tanaffusga jamoasini g'olib holda olib chiqishi mumkin edi. Jo Xartni aldab o'tgan Neymar darvoza tomon zarba yo'lladi. Ammo Fernandino to'pni boshi bilan qaytarib yubordi. Qoyil!

44` Birinchi bo'lim so'nggida mehmonlar tashabbusni o'z qo'llariga olishdi va bir qator xavfli vaziyatlar yuzaga keltirishdi.

42` Xavfli zarba! Samir Nasri hozir ajoyib imkoniyatdan foydalana bilmadi. Viktor Valdes ana endi jamoasini muqarrar goldan qutqarib qoldi.

40`
Mezbonlarda yana bir imkoniyat paydo bo'ldi. Messi uzatgan to'pni Xavi darvoza tomon yo'lladi. Lekin Xart bu vaziyatda ham o'z o'rnida.

39` Neymar! Braziliyalik futbolchi "Siti" himoyachilaridan o'tib ketib, Jo Xart darvozasiga kuchli zarba yo'lladi. Ammo Xart bu vaziyatda to'pni qaytarib  yubordi.

37` Andreas Inestaga tibbiy yordam ko'rsatilmoqda.

36` Mehmonlarning xavfli hujumi! David Silvaning kuchli zarbasiga biroz aniqlik etishmadi.

32` "Barselona"ning hujumi yakunlanmay qoldi. Fabregas raqib jarima maydonchasi oldida to'pni oldirib qo'ydi.

30` Pablo Sabaleta hakam tomonidan ogohlantirildi. Argentinalik himoyachi maydon markazida Inestaga nisbatan qo'pol o'ynagandi.

28` "Manchester Siti" jarima zarbasini tepdi. Jarima to'pidan so'ng, Leskott raqib futbolchisiga nisbatan qoidani buzdi va hujum yakunlanmay qoldi.

24` Mehmonlarning hujumi davom etayotgan pallada, Yaya Ture to'p uzatishda xatolikka yo'l qo'ydi.

22` "Barselona" o'yin tizginini o'z qo'lida saqlab turibdi.

18` "Barselona" gol urdi. Lekin hakam Neymarning golini inobatga olmadi. Bu vaziyatda franciyalik laynsmen bayroqchasini ko'tarib qoldi.

17` "Siti"ning xavfli hujumi! Milner etkazib bergan to'pni Kolarov darvozaga yo'llagandi. Ammo Kolarovning zarbasi darvozaga aniq bormadi.

15` "Barselona" asosan to'pni o'z nazoratida ushlab turibdi.

13` Franciyadagi  "PSJ" - "Bayer" uchrashuvida yana hisob o'zgardi. Markinos hisobni tenglashtiruvchi golni kiritdi.

12` "Barselona" to'pni raqibdan olib qo'ydi va o'zining birin-ketin hujumlarini uyushtirmoqda.

9` Bu vaqtga kelib "PSJ" - "Bayer" o'yinida mehmonlar hisobni ochishdi. Sidney Sem germaniyaliklarni hisobda oldinga olib chiqdi.

8` Jamoalar ehtiyotkorroq o'yin namoyish etishmoqda. Nisbatan ko'proq mehmonlar oldinga intilishmoqda.

3` "Manchester Siti" dastlabki daqiqalardanoq hujumga otlandi.

1` Uchrashuv boshlandi!

-Jamoalar maydonga chiqib kelishmoqda.

"Manchester Siti" tarkibi

"Barselona" tarkibi


-Uchrashuv boshlanishiga sanoqli daqiqalar qolmoqda.

"Kamp Nou" stadioniga muxlislar tashrifi davom etmoqda


Xart o'yin oldi chigal-yozdi mashg'ulotda


"Kamp Nou" stadioni, mehmonlar ("Manchester Siti") kiyinish xonasi


"Barselona": Valdes, Alvesh, Pike, Maskerano, Alba, Xavi, Buskets, Fabregas, Inesta, Messi, Neymar.

-"Manchester Siti": Xart, Kompani, Sabaleta, Leskott, Kolarov, Ture, Milner, Silva, Nasri, Fernandino, Aguero.

-Tarkiblar malum bo'ldi!

-Yaqin daqiqalar ichida jamoalarning boshlang'ich tarkibi malum bo'ladi!

-Bugungi uchrashuvni Siz aziz futbol ishqibozlari uchun SHahboz Beg'amov "shampionat.asia" sayti orqali matnli onlayn translyaciyani yozib boradi. Saytdan uzoqlashmang, kuzatib boring!

-Yaqin soatlar ichida "Barselona" - "Manchester Siti" uchrashuvi boshlanadi.

- Uchrashuv soat 00:45da boshlandi.


CHempionlar Ligasi, 1/8 final javob bahsi

"Barselona" - "Manchester Siti" 2:1

Gollar:
Messi (67), Kompani (89), Alvesh (90+1).
 
Hakamlar:
Stefan Lannua, Frediko Kano, Mishel Annone

"Barselona":
Valdes, Alvesh, Pike, Maskerano, Alba, Xavi, Buskets, Fabregas (Roberto, 87), Inesta, Messi, Neymar (Sanchez, 80).

"Manchester Siti":
Xart, Kompani, Sabaleta, Leskott, Kolarov, Ture, Milner, Silva (Negredo, 73), Nasri (Navas, 75), Fernandino, Aguero (Jeko, 46).

Ogohlantirish: Sabaleta (30), Kompani (74).
CHetlatish: Sabaleta (79).

Birinchi uchrashuv: 2:0
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика