So’nggi yangiliklar

13:24Алонсо Пеллегрини давридан бери Ла Лигадаги дастлабки 4 ўйинда ғалаба қозонган биринчи "Реал" мураббийи  0 12:39"Ньюкасл" 60 млн еврога харид қилинган ҳужумчисини йўқотди  0 11:58"Манчестер Юнайтед" Англия терма жамоаси ярим ҳимоячисига қизиқмоқда  5 11:30"Манчестер Сити" форварди Холанд: "Жамоани ўз ортимдан эргаштиришим керак"  1 10:39Пролига. Бугун 14-турга старт берилади  0 10:05Артета Эдегорнинг жароҳати ҳақида гапирди  2 09:32Гвардиола: "Манчестер Сити" мен келганимдан бери ҳар доим "Манчестер Юнайтед"дан кучлироқ бўлган  10 09:00Sofascore. Шомуродов дебют голи учун неча баҳога лойиқ кўрилди?  8 08:30"Интер Майами" йирик ҳисобда мағлуб бўлди, Месси эса пеналтидан фойдалана олмади  21 08:01Суперлига. Бугун "Олимпия" стадиони Суперлига баҳсига мезбонлик қилади  1 07:35АПЛ. "Челси" сўнгги дақиқаларда ғалабани қўлдан бой берди.  7 03:08Акмал Рустамов: "Қўқон шамоли? Бундай об-ҳавода ҳар иккала жамоа ўйнади"  5 02:50Баҳром Ҳайдаров: "Қизилқум"дек жамоани мағлуб этганимиздан хурсанд бўлдим"  2 01:55Суперлига. Ўзбек "Эл Классико"сида "Пахтакор" ғалаба қозонди, "Қўқон-1912" эса ўз майдонида "Қизилқум"ни енгди  2 01:27Камолиддин Тожиев: "Пахтакор"га қарши барча рақиблар 200%га ўйнайди"  8

"Barselona" mag'lub bo'lishda davom etadi Yangiliklar

"Barselona" mag'lub bo'lishda davom etadi

Ispaniya chempionati doirasidagi "Granada" - "Barselona" uchrashuvining matnli translyaciyasini shu erda kuzatib borishingiz mumkin.
Ispaniya chempionati, 33-tur.

"Granada" - "Barselona" 1:0
Gol:
Braimi (16)

"Granada"
– Karnezis, Nom, Ilori, Murilo (Maync, 90), Fulke, Iturra, F.Riko, Resio, Piti (Koeff, 73), El-Arabi, Braimi (Bravo, 65).

"Barselona"
– Xose Pinto, Montoyya, Buskets (Sanches, 74), Maskerano, Adriano (Alba, 68), A.Song, Fabregas, Inesta, Pedro, Messi, Neymar.

Ogohlantirishlar:
Neymar (45), Messi (65), Buskets (66).

                                MATNLI TRANSLYACIYA
                                          
YANGILASH


Uchrashuv tugadi! "Barselona" yaan bir bor mag'lub bo'lmoqda!

90+3` Uchrashuvga 4 daqiqa vaqt qo'shib berildi.

90` Karnezis "Granada"ni bugun bir necha bor gollardan qutqardi va qutqarishda davom etmoqda...

88` "Barselona" darvozaboni Pinto jamoasini muqarrar goldan qutqarib qolmoqda!

85` "Granada" himoyada, "Barselona" hujumda faol harakat qilishmoqda.

82` Inesta ikki bor ketma-ket raqib darvozasiga zarba berdi. Lekin bu naf keltirmadi. "Barselona" raqibni ojiz tomonini topa olmay sarson bo'lmoqda...

80`  Yana Neymar. Barziliyalik futbolchi qulay imkoniyatdan foydalana olmadi.


78` Messi o'yinni o'z qo'liga olib etakchilik qila olmayapti. Qolgan futbolchilar ham bu ishni bajara olishmayapti.

75` Buskets o'rniga Sanches tushdi.

74` Neymarda zo'r imkoniyat bo'ldi. Lekin noaniq zarba hammasini barbod qildi.

71` Vaqt tobora oz qolmoqda. "Barselona" esa mag'lubiyatga uchramoqda. Hozircha jamoalar ko'proq maydon markazida harakatlanishmoqda.

66` Busketsga hakam ogohlantirish ko'rsatdi.

63` Neymarning ishlagan jarima zarbasini Messi amalga oshirdi. Messining deyarli ideal tarzda yo'llagan to'pini Karnezis fantastik sakrashi orqali bartaraf etdi. Qoyil!

61` Neymar bugun eng faol futbolchi.

59` Neymarrrrr! Zarba va biroz noaniq...

58` Xerardo Martino jamoasi bosim uyushtirmoqda.

55` Sesk! Ha, aynan Sesk! Fabregasning kuchli zarbasini Karnezis bartaraf etishga erishdi. Xavfli zarba!


53` "Barselona"ning hujumi. Messining uzatib bergan to'piga "Granada" futbolchilari egalik qilishdi.

50` Messi qani deb "Barselona" muxlislari savol berishlari mumkin. U maydonda. Lekin hozircha qolgan jamoadoshlari singari u ham ojiz qolmoqda.

47` "Barselona" bugun imkoniyatlardan foydalana olmayapti.

Ikkinchi bo'lim boshlandi!

Birinchi taym yakunlandi! Tanaffus!


45` "Granada"ni kichik hisob qanoatlantirmaydigan ko'rinadi. Jamoa hujumlar uyushtirmoqda.

44` Neymarni asabi chidamadi. To'pni raqibiga oldirib qo'ydi va alamidan "Granada" futbolchisi atayin tepdi. Hakam esa keldi va sariq kartochkasini ko'rsatib qaytdi.

42` "Granada" ishonchli himoyalanmoqda.

38` Inesta qarasa, hammasi befoyda ketyapti. SHartta oldida tepdi. Lekin bu ham befoyda bo'ldi.

36` Pinto! Montoyya! Va offsayd hozir "Barselona" ikkinchi goldan qutqarib qoldi.

34` Neymarga tibbiy yordam ko'rsatildi.

31` Neymar!!!! Kuchli zarba va Karnezisning super seyvi "Granada"ni goldan saqlab qoldi.

29` Fabregas ajoyib imkoniyatni yo'qqa chiqarmoqda. Hisob tenglashishga juda yaqin edi.

25` "Barselona" hisobni tenglashtirish uchun intilmoqda. Lekin samarasiz.

21` "Granada" faol o'ynamoqda. "Barselona" hozircha raqibga etarlicha qarshilik ko'rsata olmayapti.

17` "Granada"ning hujumi gol bilan yakunlandi. Maydon markazidan etkazib berilgan to'pni qabul qilib olgan Braimi Pinto darvozasiga to'pni joylab qo'ydi. 1:0!

16` GOOOOOOOOOL! Braimi! 1:0!


12` "Granada" ham hujumga o'tdi. Lekin hozircha samarasiz.

7` Jarima zarbasi. Messining tepgan to'pi jonli devorga tegib qaytdi.

6` "Barselona" standart vaziyatlarga ega bo'ldi. Lekin hozircha ulardan foydalana olmadi.

2` "Barselona" to'pin o'zida saqlab turibdi. Kataloniya jamoasi hujumga o'tishga shoshilmayapti.

Uchrashuv boshlandi!


- Uchrashuv soat 23:00da boshlanadi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика