So’nggi yangiliklar

12:40"Насаф"нинг халқаро майдондаги мағлубиятли серияси давом этмоқда  4 12:20Элит ОЧЛ. "Ал Аҳли"нинг мағлубиятсиз серияси 19 та ўйинга етди  0 11:56"Насаф"нинг асосий ҳимоячиси "Ал Ҳилол"га қарши ўйнай олмайди  3 11:38Гол ўтказмаган посбон, "Нефтчи"ни ютган мураббий ва 30 ёшли легионер — Суперлигада 21-турнинг энг яхшилари​  3 11:20Дориев, Норчаев, Яшин, Йўлдошев ва бошқалар... Суперлига 21-тур рамзий терма жамоаси  1 11:04Футзал. Бугун терма жамоамиз Осиёнинг номдор жамоасига қарши баҳс олиб боради  0 10:38Жаҳон чемпиони 31 ёшида фаолиятини якунлади  4 10:12Goal АПЛнинг барча даврлардаги энг яхши ҳужумчисини эълон қилди  9 09:45Sofascore. Алиқулов энг яхшиларидан бири бўлди  1 09:18Сентябр-октябрь ойидаги ФИФА кунларига ўзгартириш киритилди. Қарор келаси йилдан кучга киради   2 08:51Ҳусанов рамзий термадан жой олди  7 08:23Пролига. Бугун турнинг марказий учрашуви бўлиб ўтади  0 07:55"Ал Аҳли" бош мураббийи: Биринчи бўлимда яхши ўйнашимизга тўсқинлик қилган сабаблар кўп"   12 07:28Sofascore. Аламли тарзда мағлуб бўлган "Насаф" футболчилари неча баҳога лойиқ кўрилди?  19 07:25Элит ОЧЛ. "Ал Аҳли" – "Насаф" 4:2  5

"Barselona" "Kordoba" darvozasiga javobsiz beshta gol urdi Yangiliklar

"Barselona" "Kordoba" darvozasiga javobsiz beshta gol urdi

Ispaniya chempionatining 16-turidan o'rin olgan "Barselona" – "Kordoba" uchrashuvi bo'lib o'tdi.
Uchrashuvning 2-daqiqasida Pedro hisobni ochdi. O'ng qanotdan Rakitich jarima maydoni ichiga oshirdi, Pedro Rodriges birinchi harakat bilan raqibni chalg'itdi, ikkinchi harakati bilan darvozaning to'qqizligini nishonga oldi - 1:0.

11-daqiqada Xordi Alba chap qanotdan oldinga o'tib to'pni orqaroqda turgan Suaresga oshirdi. Luis yiqilib tushayotib darvozaga zarba berdi, to'p biroz noaniq ketdi.

19-daqiqada mehmonlarning ilk xavfli vaziyati kuzatildi. Nabil Gilas raqiblarning xatosidan so'ng to'p bilan olg'a intildi. Maskeranoni ortda qoldira olgan futbolchi darvozaga zarba berdi, to'p to'rga tashqi tomondan tegdi.

26-daqiqada Bravo sal qolsa raqiblarga gol sovg'a qilishi mumkin edi. "Kordoba" futbolchisi to'pni jarima maydoniga uzatdi, hech qanday xavfli vaziyat emasdi. Biroq Klaudio to'pni qabul qilishda no'noq harakat qilib uni qo'lidan chiqarib yubordi. Darvozabon yonida hech kim yo'qligi golni oldini oldi.

39-daqiqada endi mehmonlar posboni Xuan Karlos ishonchsiz o'ynadi. Messi jarima maydoni ichida boshi bilan darvozaga zarba bermoqchi bo'ldi, biroq "Kordoba" posboni o'zini qo'lga olib to'pni urib yubordi.

44-daqiqada Alba chap qanotdan oldinga o'tib himoyachidan o'tib ketib o'tkir burchakdan darvozaga zarba berdi, Xuan Karlos oyoqlari bilan to'pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi.

Dastlabki bo'lim 1:0 hisobida yakuniga etdi.

48-daqiqada Messi maydon markazida to'pni qabul qilib olib to'pni jarima maydoni ichiga olib bordi, uning chap oyog'i bilan bergan zarbasi himoyachiga tegib qaytdi.

53-daqiqada Suares Ispaniya chempionatidagi ilk golini urdi! Lionel Messi to'pni Iniestaga oshirdi, Andres Pedroga, u esa Suaresga to'pni tashladi. Luis ikkinchi harakati bilan Xuan Karlosni dog'da qoldirdi - 2:0.

Uchrashuvda xavfli vaziyatlar juda kam sodir bo'lmoqda.

80-daqiqada Xavi jarima maydoniga to'pni uzatdi, Pike 6 metrlardan boshi bilan Xuan Karlos qo'riqlayotgan darvozani ishg'ol qildi - 3:0.

82-daqiqada Xavi Ernandes o'ng burchakdan to'pni 11 metrli jarima maydoniga uzatdi, Fausto Rossi to'pni to'g'ri Messiga qaytardi, Lionel o'ng oyog'i bilan 12 metrdan to'qqizllikka joyladi - 4:0!

90-daqiqada Albaning pasidan so'ng himoyachi to'pni qaytardi, Messi to'pni to'xtatib o'ng oyog'i bilan darvozaga yo'lladi - 5:0.

Barselona – Kordoba 5:0

20 dekabr, 20.00, Kamp Nou
Gollar:
Pedro 2, - 1:0 (Rakitich). Suares 53, - 2:0 (Pedro). Pike 80, - 3:0 (Xavi). Messi 82, - 4:0. Messi 90+1, - 5:0.
Barselona
– Bravo, Pike, Montoyya, Alba, Pedro, Buskets, Inesta (Rafinya, 76), Maskerano, Rakitich (Xavi, 65), Suares, Messi.
Kordoba – Xuan Karlos, Deyvid, Pantich, Lopes (Pinilos, 60), Krespo, Ekeng, Luso (Fausto Rossi, 71), Garsiya (Lopes Silva, 76), Kartabiya, Kampabadal, Gilas.
Ogohlantirishlar: Serxio Buskets 66
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика