"Barselona" ketma-ket 3ta o'yinda 4tadan gol urgan holda g'alaba qozondi
28 fev 2022 11:09
Yangiliklar
"Barselona" ketma-ket 3ta o'yinda 4tadan gol urgan holda g'alaba qozondi
"Barselona" "Atletik" (4:0)ni La Liga 26-turida mag'lub etdi.
Kataloniya klubi ketma-ket 3ta o'yinda 4tadan gol urgan holda g'alabaga erishdi.
Oldinroq, "Barsa" Evropa Ligasi doirasida "Napoli" (4:2) va La Ligada "Valensiya" (4:1)ni mag'lub etgandi.
"Ko'k-anorranglilar" fevralda jami 4ta o'yinda 4ta g'alabaga erishdi - jamoa 6 fevral kuni La Liga doirasidagi "Atletiko"ni 4:2 hisobida taslim etgan edi.
Fikrlar