"Barselona" "Kamp Nou"dagi plastik o'rindiqlarni sotmoqda
27 okt 2023 01:37
Yangiliklar
"Barselona" "Kamp Nou"dagi plastik o'rindiqlarni sotmoqda
"Barselona" tamirlash uchun yopilgan "Kamp Nou"dagi o'rindiqlarni sotyapti.
"Ko'k-anorranglilar" stadiondagi so'nggi o'yinini 28 may kuni La Liga doirasida "Malorka"ga qarshi o'tkazdi (3:0).
Memorabilia akciyasi doirasida "Barselona" stadion bilan bog'liq esdalik sovg'alar savdosini amalga oshiradi. Avvalroq “Kamp Nou” maysasi va darvoza to'rlari sotilgani haqida xabar berilgan edi.
Endi klub muxlislari "Kamp Nou"ning plastik o'rindiqlarini xarid qilishlari mumkin. Ularning narxi 99 dan 299 evrogacha belgilangan.
Boshqa esdalik sovg'alari qatorida "Barselona" o'yinchilarining dastxati tushirilgan sardorlik bandaji va futbolkalari ham mavjud, jumladan Lionel Messining imzosi tushirilgan futbolkani 2999 evroga sotib olish mumkin.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Тимур Кападзе дунёнинг энг кучли мураббийлари орасида кучли ўнликка кирди!
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
Расман: Ислом Тўхтахўжаев — "Андижон" футболчиси!
Fikrlar