"Barselona" himoyachisi mavsumning qolgan qismini o'tkazib yuboradi
25 apr 2022 21:12
Yangiliklar
"Barselona" himoyachisi mavsumning qolgan qismini o'tkazib yuboradi
"Barselona" himoyachisi Serjino Dest mavsumning qolgan qismini o'tkazib yuboradi. Goal nashrining xabariga ko'ra, unga son suyaklaridagi jarohat tashxisi qo'yilgan.
Amerikalik futbolchi Ispaniya chempionati doirasida "Rayo Valekano"ga qarshi o'yinda jarohat olib, tanaffusda almashtirildi. Destning o'ng sonida jarohat mavjud.
Himoyachi joriy mavsumda "Barselona" safida 27 o'yinda 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Dest ispan klubiga 2020 yilning oktyabr oyida "Ayaks"dan kelib qo'shilgandi. Himoyachining Kataloniya klubi bilan shartnomasi 2025 yilning 30 iyunida yakuniga etadi.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Тимур Кападзе дунёнинг энг кучли мураббийлари орасида кучли ўнликка кирди!
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
Расман: Ислом Тўхтахўжаев — "Андижон" футболчиси!
Fikrlar