"Barselona" Gavi bilan shartnoma imzolashga yaqin
06 may 2022 16:57
Yangiliklar
"Barselona" Gavi bilan shartnoma imzolashga yaqin
"Barselona" yarim himoyachi Gavi bilan yangi shartnoma borasida navbatdagi muzokaralar bosqichini o'tkazdi.
Jurnalist Fabricio Romanoning xabariga ko'ra, Kataloniya klubi vakillari 17 yoshli ispanning agenti Ivan de la Penya bilan uchrashishdi. Muzokaralar yakunida tomonlar shartnoma imzolashga yaqin kelishdi.
"Barselona" futbolchi bilan bitimni uzaytirishga yaqin, klub va o'yinchining agentida bir necha detallarni muhokama qilish qoldi.
Gavi 2021/22 yilgi mavsum "Barselona" tarkibida 43ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol va 6ta assist qayd etdi. Futbolchining shartnomasi 2023 yilning iyun oyi so'nggiga qadar mo'ljallangan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" Вальверденинг хет-триги эвазига "Манчестер Сити"ни мағлуб этди
Суперлига. "Насаф" сўнгги дақиқаларда урилган гол эвазига "Динамо" билан дуранг ўйнади
Opta. EЧЛ учун асосий даъвогарлар рейтингини қайтадан тузиб чиқди
Камолиддин Тожиев: "Эртанги ўйинга 100 фоиз шаймиз. Пенальтилар сериясига тайёрланмадик" (тўлиқ матбуот анжумани)
Fikrlar