"Barselona" g'alaba qozondi
05 apr 2014 22:45
Yangiliklar


"Barselona" g'alaba qozondi
Ispaniya chempionati, 32-tur.
"Barselona" - "Betis" 3:1
Gollar: Messi (15-penaltidan, 86), Figeras (67-o'z darvozasiga), Kastro (68)
"Barselona": Xose Pinto, Dani Alves, Bartra, Maskerano, Adriano, Buskets, Xavi, Inesta (Fabregas, 79), Sanches, Messi, Pedro (Neymar, 79).
"Betis":
Adan, Xuanfran, Amayya, Figeras, Xuan Karlos, N′Diay, L.Reyes, Nono,
Vadilo (Molina, 61), Leo Baptistao (B.Rodriges, 82), Sedrik (Ruben
Kastro, 61).
Ogohlantirishlar: L.Reyes (60), Amayya (78).
90+3` O'yin tugadi. "Barselona" g'alaba qozondi!
90` Uchrashuvga hakam 3 tomonidan daqiqa vaqt qo'shib berildi.
88` Xavi o'rnida Song maydonga tushdi.
87` "Barselona" uchrashuvdagi ikkinchi penaltisi ishladi. Yana bir golni esa "Betis" himoyachini o'zi kiritib yuborgandi.
86` GOOOOOOOOOL! Messining penaltidan tepgan to'pini Adan qaytardi. Qaytgan to'pni esa Messi qiyinchilik bilan bo'lsada darvozaga yo'lladi.
84` Penalti "Betis" darvozasi tomon.
83` "Betis" xavfli hujum qildi. "Barselona" jarima maydonchasi oldidagi palaparchiqlikdan so'ng mezbonlar himoyachisi to'pni darvozasi oldidan uzoqlashtirdi.
82` Messi ayyorlik ishlatdi. Lekin uning bu qilig'iga hakam aldanmadi. Penalti yo'q, tur o'rningdan Messi.
80` Inesta bugun yomon o'ynamadi. Lekin o'zining o'yinini ko'rsatdi ham deb bo'lmaydi. O'rtacha.
79` Inesta o'rniga Fabregas va Neymar Pedroning o'rnini egallamoqda.
77` Aleksis Sanches hozir "Betis" darvozasiga uchinchi to'pni kiritishi mumkin edi. Uning zarbasi darvozaning tepasidan o'tib ketdi.
72` "Betis" so'nggi daqiqalar ichida ancha faollashgan edi va bu o'z mevasini berdi. Bugun mehmonlar futbolchilari ikki bor gol kiritishdi. Faqatgina bittasini o'z darvozalariga kiritb qo'yishdi. Hozircha 2:1 "Barselona" foydasiga. Lekin hali "Betis"da imkoniyatlar bo'lishiga ishonsa bo'ladi. Kataloniya jamoasi himoyasida etarlicha kamchiliklar ko'zga tashlanmoqda.
68` GOOOOOOOOOOOOOOOOL! Kastro! 2:1! "Betis" tezkorlik bilan javob qaytarmoqda. O'yindagi "intriga" tezda qaytdi. Kastro bu vaziyatda yaxshi harakat qilganini aytib o'tish lozim.
67` GOOOOOOOOOOOOOL! Avtogol! 2:0! "Betis" himoyachisi Figeras o'z darvozasini ishg'ol etib qo'ymoqda.
66` "Barsa"ning javobi! Inesta hozir oradagi farqni ikkitaga oshirishi mumkin edi. Lekin "Betis" himoyachisi bunga qarshilik qildi va xavfni bartaraf etdi.
65` "Betis" uyg'ondi! Birin-ketin hujumlar uyushtirildi Pinto va "Barsa" himoyachilari hozir aniqroq harakat qilishdi.
60` "Betis" hujumda yaxshi harakatlana olmayapti. Ularga o'zlariga bo'lgan ishonch etishmayotgandek.
58` "Betis"da yaxshi imkoniyat paydo bo'lgandi. Ammo bundan mehmonlar naf chiqara olishmadi.
55` Pinto davozasi oldida deyarli vaziyatlar bo'lmayapti.
52` Xavini jarimadan yo'llagan zarbasi darvoza tusini ustidan o'tib ketdi.
51` "Barselona" chiroyli hujum uyushtirdi. "Betis" himoyachilari uni bartaraf etishda qo'pollik ishlatishdi. Jarima to'pi.
48` "Barselona" ustunligi ostida boshlanmoqda ikkinchi bo'lim ham.
46` Ikkinchi bo'lim boshlandi!
45` Birinchi taym tugadi. Tanaffus!
44` "Betis" o'yinni maydon markaziga ko'chira oldi. Adan biroz dam olsa bo'ladi.
42` Messining xavfli zarbasiga birozgina aniqlik etishmadi. Adan bu erda ojiz qolgan edi.
39` Baptistao Pinto tomon oshiqayotgan bir paytda orqasidan kelgan Buskets o'zining ideal "podkat"i bilan undan to'pni olib qo'ydi.
37` "Barselona"ning navbatdagi hujumi. "Betis" himoyachilariga hozirda oson bo'lmayapti.
34` "Barselona" raqibiga bosim uyushtirmoqda.
30` "Betis" uchrashuv avvalidagi faollikni ko'rsata olmayapti.
26` Messi va Dani Alveshning rejalarini raqib himoyachilari payqab qolishdi va uni barbod qilishdi.
25` "Barselona" maydonda o'zini erkin his etmoqda.
21` "Barselona"ning kombinacion hujumi gol bilan yakunlanishi mumkin edi. Adrianoning uzatib bergan to'piga Sanches ulgurmadi.
18` "Barselona" biroz himoyaga etiborini qaratishga majbur bo'lmoqda.
17` "Betis" oldinga o'tmoqchi. Ularning hujumlarini "Barsa" himoyachilari bartaraf etishmoqda.
16` Bu gol uchun Messi Sanchesga minnatdorchilik bildirib qo'yishi kerak. Aleksis juda chiroyli harakat qilib, "Betis" himoyachilarini dovdiratib qo'ydi. Qoyil!
15` GOOOOOOOOOOOOOOL! Messi! 1:0! Lionel Messi darvozabonni aldadi va to'pni o'ng burchakka joylab qo'ydi.
14` Aleksis Sanches nimalar qildi??? "Betis" himoyachisi uni yiqitib qolishdan boshqa chora topa olmadi. Penalti!
11` Xavi va Adan! Ajoyib zarba va super "seyv"! "Real"ning sobiq darvozaboni "Betis"ni goldan qutqarib qolmoqda.
10` "Barselona" faollashdi. Buskets hozir boshi bilan darvozani ishg'ol etishi mumkin edi.
9` "Barselona"ning pozicion hujumi. Aleksis Sanches to'pni qabul qilib olishda xatoga yo'l qo'ydi.
8` "Barselona" hozircha hujumda faollik ko'rsata olmayapti.
6` "Barselona" to'p nazoratini o'z qo'liga olmoqchi.
4` "Betis" bugun himoyada o'ynamoqchi emas. Mehmonlarning hujumi davom etmoqda.
3` "Barselona" hujum uyushtirdi. "Betis" himoyachilari bu vaziyatda ishonchliroq harakat qilishdi.
1` Uchrashuv boshlandi!
Assalomu aleykum qadrli futbol ishqibozlari! Ispaniya chempionat doirasidagi "Barselona" - "Betis" o'yinidan matnli translyaciyani olib boramiz. Xizmatingizda SHahboz Beg'amov bo'ladi.
Uchrashuv soat 21:00 da boshlanadi.

Fikrlar