"Barselona" futbolchisining oyog'i singan bo'lishi mumkin
18 jan 2018 18:32
Yangiliklar
"Barselona" futbolchisining oyog'i singan bo'lishi mumkin
"Barselona" yarim himoyachisi Paulino "Espanol"ga qarshi Ispaniya Kubogi 1/4 final ilk uchrashuvida (0:1) jarohat oldi.
Futbolchi asosiy tarkibda maydonga tushdi, ammo 56-daqiqada uning o'rnini Ivan Rakitich egalladi.
Malumotlarga ko'ra, braziliyalik futbolchining o'ng oyog'i singan bo'lishi mumkin. Paulino bugun tibbiy ko'rikdan o'tadi va shundan so'ng shifokorlar diagnozni tasdiqlashadi yoki rad etishadi.
Agar taxminlar o'zini oqlasa, "Barselona" kamida bir oy Paulinoni maydonga tushira olmaydi. Eslatib o'tamiz, oldinroq hujumchi Usmon Dembele jarohat tufayli 3-4 haftaga safdan chiqqan edi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
"Бухоро" Табатадзенинг голи эвазига "Арал"ни ютиб, Суперлигада қолди!
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar