"Barselona" futbolchisi Valverdedan uni qo'yib yuborishni so'radi
09 jan 2018 18:45
Yangiliklar
"Barselona" futbolchisi Valverdedan uni qo'yib yuborishni so'radi
"Barselona" yarim himoyachisi Andre Gomesh jamoani tark etmoqchi.
Futbolchi JCH-2018 oldidan kerakli o'yin amaliyotiga ega bo'lmayapti va Gomesh jamoa bosh murabbiyi Ernesto Valverdedan uni qo'yib yuborishni so'ragan. Portugaliya terma jamoasi ustozi Fernandu Santush avvalgidek 24 yoshli futbolchiga ishonch bildirmoqda, ammo mundial borasida hech qanday kafolat yo'q.
Malumotlarga ko'ra, Valverde Gomeshni jamoada olib qolishga harakat qiladi, chunki mavsumning eng og'ir pallasi yaqinlashmoqda, biroq portugaliyalik yanvarda jamoani tark etish niyatida. Hammasi "Barselona" rahbariyati qaroriga bog'liq.
Gomeshga "Yuventus" qiziqish bildirayotgan edi. Oldinroq, "Barselona" Gomeshni 30 mln. evrodan arzonga sotmasligi elon qilingan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
"Бухоро" Табатадзенинг голи эвазига "Арал"ни ютиб, Суперлигада қолди!
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar