"Barselona" futbolchilari tibbiy ko'rikdan o'tdi (foto)
13 iyu 2017 11:39
Yangiliklar
"Barselona" futbolchilari tibbiy ko'rikdan o'tdi (foto)
Kataloniya klubi chorshanba (12 iyul) kuni yangi bosh murabbiyi Ernesto Valverde bilan mashg'ulotlarni boshladi. "Barselona" asosiy jamoasining 14 futbolchisi hamda "Barselona B"ning bir necha o'yinchisi tibbiy ko'rikdan o'tishdi.
Ivan Rakitich, Luis Suares, Rafinya, Yasper Sillessen, Xaver Maskerano, Pako Alkaser, Serxi Roberto, Aleyks Vidal, Marlon, Duglas, Tomas Vermalen, Serxi Samper, Munir, Jerar Deulofeu tibbiy ko'rikdan o'tib, "Barselona"ning ilk mashg'ulotida ishtirok etishdi.

Luis Suares birinchilardan bo'lib "Barselona" mashg'ulotlariga qaytdi

Ivan Rakitich mashaqqatli mashg'ulotlardan avval tanasining holatini tekshirtirmoqda

Argentinalik himoyachi Xaver Maskerano tibbiy xodimlar tomonidan tekshirilmoqda
Iyun oyida terma jamoalar o'yinida ishtirok etgan 6 futbolchi jumadan so'ng klubga qaytadi. Ular Serxio Buskets, Denis Suares, Andres Inesta, Xordi Alba, Lyuka Din va Samuel Yumtiti.
Mark-Andre ter SHtegen va Andre Gomesh Konfederaciyalar Kubogida ishtirok etgani tufayli AQSHda bo'lib o'tadigan turnirga borishmaydi.

Ivan Rakitich tibbiy ko'rikdan muvaffaqiyatli o'tdi

La Masiya tarbiyalanuvchisi Serxi Roberto yo'lakchada yugurmoqda, shifokorlar esa monitordagi natijalarni kuzatib turishibdi
"Barselona" tez orada AQSHga uchib ketadi va Xalqaro CHempionlar Kubogida ishtirok etadi. Ushbu musobaqaning ilk uchrashuvi "Yuventus"ga qarshi bo'lib o'tadi va u Nyu Jersidagi "MetLife" stadionida o'tkaziladi.
"Barselona"ning Xalqaro CHempionlar Kubogidagi taqvimi:
23 iyul - "Yuventus"
27 iyul - "Manchester Yunayted"
30 iyul - "Real"
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar