Barselona etakchisi jarohat sababli mavsum boshini o'tkazib yuboradi
09 iyu 2024 10:55
Yangiliklar
Barselona etakchisi jarohat sababli mavsum boshini o'tkazib yuboradi
Barselona klubi hamda Urugvay milliy jamoasi himoyachisi Ronald Arauxo yangi mavsum oldi yig'inlarni o'tkazib yuborishi kutilmoqda.
Arauxo Amerika kubogi-2024 chorakfinali doirasidagi Braziliyaga qarshi uchrashuvning 33-daqiqasida jarohat olib, maydonni tark etgandi.
Mundo Deportivo xabariga ko'ra, Arauxoning tiklanishi uchun 8 hafta talab etilishi mumkin. U «Barsa»ning Hans-Diter Flik qo'l ostida 10 iyuldan boshlanadigan mavsum oldi yig'inining dastlabki qismini o'tkazib yuboradi.
Bundan tashqari, tekshiruvlardan so'ng tibbiy taxminlar o'z tasdig'ini topsa, 25 yoshli himoyachi La Liganing avgustdagi dastlabki turlarini o'tkazib yuborishi mumkin.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Италияга ютқазиб, иштирокини нимчорак финалда якунлади
Al Ain Cup. Ўзбекистон пенальтилар сериясида Эронни мағлуб этиб, турнир ғолибига айланди
ЖЧ саралаши. Португалия Роналдусиз рақиб дарвозасига 9 та тўп киритиб, мундиалга чиқди
"Шармандалик, бу шармандалик!"
Fikrlar