"Barselona" de Yong uchun 85 million evro so'ramoqda, MYU esa kamroq to'lamoqchi
01 iyu 2022 16:04
Yangiliklar
"Barselona" de Yong uchun 85 million evro so'ramoqda, MYU esa kamroq to'lamoqchi
"Manchester Yunayted" "Barselona" bilan yarim himoyachi Frenki de Yongning ehtimoliy o'tishi borasida muzokaralarga kirishdi.
Jurnalist Fabricio Romanoning xabariga ko'ra, kataloniyaliklar o'yinchi uchun 85 million evro so'rashmoqda. MYU muzokaralar davomida transfer narxini tushirmoqchi.
De Yongning o'zi "Barselona"da qolishni xohlamoqda. Ammo, kataloniyaliklar moliyaviy muammolar sabab niderlandiyalikni sotmoqchi.
De Yong "Barselona"ga 2019 yilda "Ayaks"dan o'tgan edi. 25 yoshli futbolchi o'tgan mavsum Ispaniya chempionati doirasidagi 32ta o'yinda maydonga tushib, 3ta gol va 3ta assist qayd etdi.
Frenki de Yong MYUning qiziqishi haqida: "Barselona"da qolishni afzal ko'raman. Bu orzuimdagi klub"
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Тимур Кападзе дунёнинг энг кучли мураббийлари орасида кучли ўнликка кирди!
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
Роналду кетма-кет учинчи марта Яқин Шарқда йилнинг энг яхши футболчиси бўлди
Fikrlar