"Barselona" "CHelsi"ga Obameyangning narxini malum qildi
14 avg 2022 20:42
Yangiliklar
"Barselona" "CHelsi"ga Obameyangning narxini malum qildi
Kataloniya klubi "CHelsi" qiziqayotgan gabonlik hujumchi Per-Emerik Obameyang uchun narx belgiladi, deb xabar berdi "Gol a Gol".
Manbaning xabariga ko'ra, "Barselona" futbolchi uchun 25-28 million evro olmoqchi. Agar sotuv amalga oshsa, bu kataloniyaliklarga La Ligadagi maosh chegarasini muvozanatga keltirishga to'g'ri keladi. Avvalroq "CHelsi" bosh murabbiyi Tomas Tuxel gabonlikni sotib olishni shaxsan o'zi istayotgani haqida xabar qilingandi.
33 yoshli Obameyang o'tgan mavsum "Barselona" safida 23 ta o'yinda 13 ta gol urdi. Uning klub bilan shartnomasi 2025 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
10 ўйинда 12 гол: Роналду яққол тўпурар
Футбол юлдузлари Рождество байрамини қандай нишонламоқда?
Нималар қиляпсан, "Астон Вилла"?! Эмери жамоаси "Челси" майдонида ҳам ғалабага эришди
"Аркадаг" кетма-кет учинчи марта Туркманистон Кубогини қўлга киритди
Fikrlar