"Barselona" braziliyalik futbolchi uchun rejadagidan ko'proq pul to'laydigan bo'ldi
08 iyu 2023 16:38
Yangiliklar
"Barselona" braziliyalik futbolchi uchun rejadagidan ko'proq pul to'laydigan bo'ldi
"Barselona" hujumchi Vitor Roke uchun oldinroq reja qilganidan ko'proq transfer summasi to'laydigan bo'ldi.
"Diario Sport" xabariga ko'ra, "Barselona" va "Atletiko Paranaense" 18 yoshli futbolchining transferi borasida biroz boshqacharoq kelishuvga erishishdi. Kataloniya klubi futbolchining transferiga kafolat summasi sifatida oldinroq reja qilinganidan 5 mln kamroq, yani, 30 mln evro o'tkazib beradi. Biroq forvard uchun mo'ljallangan bonus summasi 21 mln evro ko'proq bo'ldi - 31 mln evro.
Braziliyalik futbolchi "Barselona" bilan "6+1" ko'rinishida shartnoma imzolaydi va yiliga 3,5 mln evro maosh oladi.
O'tgan mavsumda u "Atletiko Paranaense" tarkibida 28 o'yinda 12 gol va 6 assist qayd etdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Расман: Тимур Кападзе — "Навбаҳор" бош мураббийи!
Ла Лига. "Реал" меҳмонда "Жирона"ни мағлуб эта олмади
Месси жаҳон рекордини янгилади
Расмий хабар: Исломбек Исмоилов — "Нефтчи" бош мураббийи
Fikrlar