"Barselona" "Benfika"dan o'z tarbiyalanuvchisini ortga qaytarishi mumkin
18 iyu 2022 21:07
Yangiliklar
"Barselona" "Benfika"dan o'z tarbiyalanuvchisini ortga qaytarishi mumkin
Kataloniya klubi "Benfika"ning ispaniyalik himoyachisi Alexandro Grimaldoga qiziqish bildirmoqda, deb yozdi jurnalist Ekrem Konur.
Manbaning xabariga ko'ra, Kataloniya klubi yozgi transfer oynasida futbolchini sotib olish variantini ko'rib chiqmoqda. Biroq Grimaldo "CHelsi" himoyachisi Markos Alonsodan keyingi zaxira variant hisoblanadi.
26 yoshli Grimaldo "Barselona" tarbiyalanuvchisi sanaladi. U o'tgan mavsumda "Benfika" tarkibida barcha musobaqalarda 47 ta o'yinda maydonga tushib, 6 ta gol urdi va 9 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning klub bilan shartnomasi 2023 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" Вальверденинг хет-триги эвазига "Манчестер Сити"ни мағлуб этди
Суперлига. "Насаф" сўнгги дақиқаларда урилган гол эвазига "Динамо" билан дуранг ўйнади
Opta. EЧЛ учун асосий даъвогарлар рейтингини қайтадан тузиб чиқди
Камолиддин Тожиев: "Эртанги ўйинга 100 фоиз шаймиз. Пенальтилар сериясига тайёрланмадик" (тўлиқ матбуот анжумани)
Fikrlar